"Xoffenxaym" va "Liverpul"ga qarshi o'yinlarda "Manchester Siti" hujumchisi o'ynamasligi mumkin
30 sen 2018 15:42
Yangiliklar
"Xoffenxaym" va "Liverpul"ga qarshi o'yinlarda "Manchester Siti" hujumchisi o'ynamasligi mumkin
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jurnalistlarga hujumchi Serxio Agueroda muammolar borligini malum qildi.
"Agueroning tovonida muammolar bor. U o'yinlarga 100 foiz tayyor emas. Serxio "Nyukasl"ga qarshi o'yinda olgan jarohatidan to'liqligicha forig' bo'lmagandi. SHu boisdan u bilan 60 daqiqani kelishib olgandik. Asosiysi u kerakli vaqtda gol urishni uddaladi.
Bu muammoni bartaraf etish uchun vaqt kerak. Milliy termalarning o'yinigacha 2 bahsimiz bor. Umid qilamanki, Aguero ushbu uchrashuvlarda qatnashadi. Ammo bu ham so'roq ostida. CHunki u davolanishi kerak", - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar