Xoakin "Betis" bilan shartnomasini bir yilga uzaytirdi. Yozda u 40 yoshni qarshi oladi
25 may 2021 08:38
Yangiliklar
Xoakin "Betis" bilan shartnomasini bir yilga uzaytirdi. Yozda u 40 yoshni qarshi oladi
"Betis" sardori Xoakin Sanches faoliyatini Sevilya klubida davom ettiradi.
21 iyulda 40 yoshni qarshi oladigan futbolchi klub bilan tuzgan shartnomasini 2022 yilga qadar uzaytirdi.
Xoakin - "Betis" tarbiyalanuvchisi. U klubda ikkinchi bor ishtirok etmoqda.
Futbolchi jamoada dastlab 7 yil (1999-2006) harakat qilgan va 2015 yilda klubga qaytgan.
Fikrlar