So’nggi yangiliklar

21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  0 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  1 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  2 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  0 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  6 19:30Интервью. Анвар Бердиев "Шўртан"нинг тайёргарлик жараёни, олдиндаги мақсад ва вазифалар, олимпия терма жамоамизнинг Испанияга қарши ўйини, фарзандларининг футболга кириб келиши ҳақида  1 19:06"Вест Хэм" "Бавария" ҳимоячиси трансфери борасида келишиб олди  0 18:40"Лас-Пальмас" Янузайни ижарага олди  3 18:15"Бунёдкор" япониялик футболчини таркибга қўшиб олди  6 17:49"Манчестер Юнайтед" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  2 17:20"Реал" Саудия Арабистонида ўйнаётган футболчини сотиб олмоқчи   2 16:56"Реал" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 16:30"Барселона"нинг Ольмо бўйича таклифи "Лейпциг"ни қониқтирмади  5 16:05"Дўстлик" энди рақибларини "Пахтакор" стадионида қабул қилади  8

Xitoycha qaror yoki milanliklar haqida Yangiliklar

Xitoycha qaror yoki milanliklar haqida

Teglar :  MilanInter
Italiyadagi joriy mavsum arafasini so'nggi paytlardagi eng qaynog'i deyish mumkin:

Pogbaning Turindan tumanli o'lkaga o'tishi to'g'risidagi mish-mishlar har kuni o'zgarib turdi va bunga Manchester Yunayted, Mino Rayolo va Yuventus o'rtasida tuzilgan shartnomalarning eng nozik, yangi  jihatlari qo'shildi. Yana o'sha Keksa sinora Gonsalo Iguain va Miralema Pyanichlarni xarid qilish orqali Napoli va Roma timsolidagi azaliy raqiblarini kuchsizlantirdi. Rimda esa Marselo Belsa va Klaudio Lotito butun bir shou o'tkazdilar va u Lacio muxlislari noroziliklari bilan uyg'un bo'lib ketdi. Bulardan tashqari, Interda so'nggi 3 oyda murabbiylar bilan bog'liq ko'plab rokirovkalar ham amalga oshirildiki, bundayin jarayon so'nggi bor 2011 yilda kuzatilgandi.

Modalar poytaxtida ham tinchlik hukmron bo'lmadi. Silvio Berluskonining Milan rulida qolishga intilishlariga qaramay, rossonerlar etakchisi ming bir azob bilan klub boshqaruvini xitoylik investorlarga topshirdi. CHin o'lkasidan kelgan milliarderlar shuningdek, shaharning qora va ko'k qismiga mustahkam o'rnashib olishdi: Suning Commerce Group Interning 68% akciyasini sotib olarkan, transfer bozoriga mablag' ajratishga ham vada berdi. Milanellodagi klubdan farqli ravishda (mazkur jamoa sotuvi necha yildirki hamon davom etmoqda) Erik Toxir xitoylik hamkasblari bilan bu vazifani qisqa fursatda uddaladi va ular OAVlarga bu mavzuda spekulyaciya qilishga yo'l qo'yishmadi. Ammo ke-yingi voqealar hech kim kutmagan yo'nalishda rivojlana boshladi va bularning barchasi chempionat startiga 2 hafta qolganida Roberto Manchinining ketishi bilan tugadi.

Buning sababi hayron qoladigan darajada oddiy bo'lib chiqdi - yangi mulkdorlar Manchiniga shartnomani yangilashni taklif qilishgan, ammo bir shart bilan - allenatore bundan keyin klubning transfer siyosatiga aralashmasligi kerak. Biroq hech bir o'zini hurmat qiladigan murabbiy bunday talabga rozi bo'lmaydi, jumladan, Roberto ham. Axir Interda bir emas, ikki emas, naqd olti mavsum ishlagan bu murabbiy klub kollek-ciyasini ko'plab o'ljalar bilan boyitgani ham bejiz emas-da. Suning Group hozircha birinchi, ammo eng katta xatosini anglab etmayapti, zero murabbiyni transfer bozoridan mosuvo etish alal-oqibat yaxshilikka olib kelmasligi aniq. Bunday siyosat bir vaqtlar Milanda ham kuzatilgan va bu klubni 5 yil hech qanday mukofotsiz qoldirgandi.

SHu o'rinda yana bir etiborga molik jihat: Inter ham aynan shuncha yil g'alaba nashidasini surmadi. Neradzurralarning so'nggi g'alabasi - kopa Italiyadagi yutuq bo'lib, u ham Leonardo davriga to'g'ri keladi. Joze Mourino, treblda muvaffaqiyat qozongach, qora-ko'klarni klublar doirasida jahon miqyosida cho'qqiga olib chiqdi, ke-yin esa kutilmagan tezlikda qulash boshlandi. Murabbiylar (Rafael Benites, Leonardo, Jan Pero Gasperini, Klaudio Raneri, Andrea Stramachchoni va Valter Maccari - ular so'nggi to'rt yilda klub boshqaruvida o'tirishga ulgurishdi) qo'lqop singari almashtirilgan bo'lsa-da, Interning o'yinida o'zgarish bo'lmadi, salbiy natijalar ortib bordi. Darvoqe, Maccari davridagi Milanga bunday baho berish noto'g'ri bo'lsa kerak: Napoli eks-murabbiyi boshchiligida ilonlar 2014 yili kuchli beshlikka qaytishdi, ammo kelgusi mavsumdagi omadsiz start murabbiylar shtabidagi navbatdagi o'zgarishga sabab bo'ldi: Erik Toxir Roberto Manchini xizmatlariga ehtiyoj sezdi. Oqibatda, Mancho oldingi murabbiylar xatosini to'g'rilashiga to'g'ri keldi va shu davrda undan qisqa fursatda arzirli natijani kutish noto'g'ri bo'lardi. SHunday bo'ldi ham, o'rtacha tarkibga ega bo'lgan Roberto jamoasi mavsumni 8-o'rinda yakunladi.

Inter muxlislari joriy mavsumdan katta narsa kutishayotgandi. O'tgan mavsumda bosimdan qutulishga muvaffaq bo'lindi, biroq indoneziyalik  biznesmen katta mablag' sovurishni xohlamadi va asosan, tavakkalchilikka intildi.

Klub prezidentining ishi bilan so'zlari bir-biriga to'g'ri kelmasligi judayam kamdan-kam uchraydigan holatlardan. Toxir ham 2 yil davomida A seriyasi va CHempionlar Ligasidagi dastlabki ikki o'rin haqida gapirarkan, bot-bot Manchinini o'z odami ekanligini takidladi, unga ishonishini aytdi. Amalda esa Roberto uchun juda kam narsa qildi. So'nggi 2 yilda Yaya Tureni xarid qilish orzusi bilan yashadi - allenatorning rejasida ivuariyalik markazdagi mobillikni mustahkamlar, aynan shu narsa jamoaga etishmayotgandi. Oqibat esa - Joffri Kondogbiya bilan kifoyalanishga majbur bo'lindi.

O'tgan mavsumdagi 4-o'rin - neradzurrolarning Mourino ketganidan keyingi eng yaxshi natijalari. Manchinini bo'shatish, boz ustiga chempionat boshlanishiga 2 hafta qolganida bu ishga qo'l urishni hayron qoladigan ishgina emas, uzoqni ko'ra bilmay bosilgan qadam deb atash mumkin. Ha, muxlislar va rahbariyat yanada ko'prog'ini talab qilishlari mumkin edi: Interning o'yini ideal darajadan ancha yiroq, uslub ligadagi jamoalarning yarmidan ham past, g'alabalar qiyinchilik bilan qo'lga kiritilmoqda. Hatto qishdagi va bahor boshlanishidagi inqirozda (o'shanda ilonlar etakchilik poziciyasidan - kuchli uchlikdan kutilmaganda pastga sho'ng'ishgandi) hammaning bosh murabbiydan hafsalasi pir bo'lib turganida, Toxir klubning asosiy yulduzi so'zsiz Roberto ekanligini takrorlashdan charchamadi, aynan u jamoani bosh orzu sari etaklashiga ishonishini aytdi. Ammo yozgi transfer bozorida Interda yana faollik sezilmadi, Erkin va Banegi hamda etakchilik  poziciyasini anchayin boy bergan Antonio Kandrevlar timsolida erkin agentlar bilan shartnomani imzolandi, xolos...

Xitoylik investorlarda esa loyihani rivojlantirishda yangi rejalar borligi aniq. Ular yoz oxirigacha 50 mln.ni ikki xaridga sarf etishmoqchi, faqat birgina shart bilan - kelajakda murabbiy klubning transfer siyosatidan yiroqda bo'lishi kerak. Bu gap qanchalik jiddiy ekanligi esa malum: Manchini - out, de Bur - in.

Frank de Bur hali-hamon o'z novatorlik g'oyalari bilan zamonaviy futbolga tasir o'tkazadigan yosh murabbiylardan sanaladi va Inter ham bundan holi emas. Haqiqiy golland singari de Bur ham hujumkor futbol tarafdori.  To'pni nazoratda ushlab turadigan, kombinacion o'yinga ega bo'lgan uning jamoalari shu jihati bilan boshqalardan ajralib turishadi. Masalan, Ayaks qatorasiga to'rt bor mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi. Interda ham aynan faollik etishmasligi kuzatilmoqda: barchani zeriktiradigan quruq o'yin, masvumda kiritilgan 50ta gol esa jamoa tarixidagi eng salbiy natijadir.

Ochiq tan olish kerak, Interning ko'plab muxlislari Manchinining istefosidan xafa emas, ammo de Bur tayinlanishi ularni xursand qilib yubordi, deb ham bo'lmaydi. Agar Robertoga eshikni ko'rsatish kerak bo'lgani-da, bu ishni may oyi oxirlarida qilish kerak edi, ammo aslo mavsumoldi taraddudi finalida emas. SHu bilan birga, yangi tayinlov yana bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi: xorijlik yosh mutaxassis bir jamoa bilan ishlash tajribasiga ega xolos. Yuventusning 5 yillik gegemonligi davom etayotgan pallada xorijlik mutaxassisga Italiyada oson bo'lmasligi ham aniq.  Bunga qo'shimcha ravishda, Yuventus faqatgina mamlakat kubogi bilan cheklanib qolishiga odamning ishongisi kelmaydi. A seriyasidagi gollandiyalik birinchi murabbiy Klarens Zeedorf Silvio Berluskoni bilan munosabatlarni yo'lga qo'yolmadi, Sinisha Mixaylovichning klub bilan bog'liq taqdiri ham shunday nihoyasiga etdi. Rudi Garsiya sharmanda bo'lgancha Rimga qaytdi, Paulu Souza bo'lsa Fiorentinadagi debyut mavsumida faqatgina 5-o'rin bilan kifoyalandi, Raf Benites to'g'risida esa og'iz ochmagan maqul.

21 avgust sanasida Inter A seriyasidagi ilk bahsini Veronada o'tkazdi. Bunga qadar Frank de Burda jamoani o'rganish, mavsumoldi tayyorgarligini o'tkazish uchun oz bo'lsa-da fursat bo'ldi. Yakuniy xulosa chiqarishga esa hozircha erta. Mavsum davomida Suning Group mutaxassislarining Roberto Manchini bilan bog'liq muammoni hal etishga oid shoshilinch chiqargan qarorlari nechog'li to'g'ri bo'lganini ko'rishimiz shubhasiz.

I.OBIDOV tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика