So’nggi yangiliklar

03:15 Евро-2024 1/8 финал. Португалия - Словения 0:0 (Пенальтилар 3:0), Роналдуни йиғлатган ўйин  4 02:40Евро-2024. Кошта Роналду ва Пепени антиқаҳрамон тамғасидан қутқариб қолди — Португалия Словенияни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди  241 02:06Роналду Евро ва ЖЧларда жаримадан 60та зарба берди  6 01:29"Вильярреал" спорт директори: "Гап нима ҳақда?"   4 01:07Аббосбек Файзуллаевнинг "Вильярреал"га ўтаётгани тасдиқланмади  6 00:50Евро-2024 1/8 финал. Франция - Бельгия 1:0, Мусобақадаги тўққизинчи автогол Францияга ғалаба тақдим этди  0 00:24Азиз Ғаниев "Шабаб Ал Аҳли" билан хайрлашди  6 23:38Максим Шацких: "Владимир Назаров атайин шу ўйин учун танланмади"  15 23:35Виталий Левченко: "Қарши ҳужумда ўтказиб юборилган голлар мағлубиятга сабаб бўлди"  14 23:33Учта голи бекор қилинган Лукаку Евро-2024да ўз ҳисобига гол ёза олмади  3 22:50Евро-2024. Франция чорак финалда!  26 22:42"Кальяри" Шомуродов билан хайрлашди  11 22:38Суперлигада биринчи давра якунига етди  10 22:25"Бавария" ПСЖ футболчиси билан келишиб олди  0 22:00Суперлига. "Нефтчи" - "Пахтакор" 0:2, Пенальти бормиди?  13

Xitoy va Saudiya Arabistoni olimpiyachilariga yutqazgan O'zbekiston MTJ, V chempionat birinchi davra taqvimi, “muammo ko'tarmasligi”ni aytishgani haqida gapirgan Yuriy Sarkisyan. O'zbek futboli gazetalari 27 yil avval nimalar haqida yozgan? Yangiliklar

Xitoy va Saudiya Arabistoni olimpiyachilariga yutqazgan O'zbekiston MTJ, V chempionat birinchi davra taqvimi, “muammo ko'tarmasligi”ni aytishgani haqida gapirgan Yuriy Sarkisyan. O'zbek futboli gazetalari 27 yil avval nimalar haqida yozgan?

Futbol – yildan yilga o'zgarayotgan, takomillashib borayotgan, millionlar emas, balki milliardlar o'yiniga aylanayotgan sport turi.

Internet nashrlar rivojlanib, yangiliklar turli tarmoqlarda uzatilishidan avval barcha sohalarga qatori futbolga oid yangiliklar ham insonlarga televidenie, radio va gazeta-jurnallar orqali etkazib berilgan.

Xo'sh, bundan 27 avval o'zbek futbol gazetalari nimalar haqida yozgan, mulohazalar qilgan, kimlar bilan intervyular uyushtirgan? Bularning barchasi “O'zbek futboli gazetalari tarixi” ruknida elon qilib boriladi.

1996 yilning 22 fevral kuni nashr qilingan “O'zbekiston futboli” gazetasida O'zbekiston futbol federaciyasining konferenciyasi xususida so'z borgan. O'sha paytlarda federaciya prezidenti va bir vaqtning o'zida mamlakat ichki ishlar vaziri bo'lgan Zokirjon Almatov ishtirok etgan tadbirda 1995 yilgi mavsumning eng yaxshilari taqdirlangan. 

SHu kunlarda esa O'zbekiston milliy terma jamoasi Xitoyga yo'l olish arafasida. MTJ u erda Osiyo va Jahon chempionatlari saralashiga tayyorgarlik ko'rmoqchi. Yig'in doirasida terma jamoa Xitoy olimpiyachilari va mahalliy klublardan biriga qarshi bahs olib borishi rejalashtirilgan.

CHin o'lkasidan qaytib kelarkan, O'zbekiston MTJ Saudiya Arabistoniga yo'l oladi va ushbu mamlakat termasiga qarshi maydonga tushishi kutilmoqda. Ushbu xabar elon qilingunga qadar esa MHSK va “Qayrat”ga qarshi o'yin o'tkazilgan. 

Gazetada, yuqorida takidlangan konferenciyada nutq so'zlagan Zokirjon Almatovning nutqi to'liq keltirilgan.

Yuriy Sarkisyanning fikrlari hamisha qiziq bo'lgan. O'sha vaqtlarda “Neftchi” murabbiyi bo'lgan mutaxassis konferenciyada chiqib nutq so'zlagan. 

Uning “Neftchi”ga murabbiylikka o'tganimda viloyatda maxsus futbol maktab-internat ochish zarurligini... ...xususida gapirgandim. “Kela solib muammo ko'tarma” deyishgandi o'shanda menga. SHunga ham 10 yil bo'ldi” kabi fikrlari etiborga molik. 

O'zbek sharxlovchilik maktabi asoschisi Axbor doda Imomxo'jaev 60 yoshda! Axbor doda haqidagi maqola va sherni taqdim etamiz. Albatta, o'qing va ustozimiz haqqiga duo qilib qo'yaylik. 

Gazetaning 1996 yil 13 martdagi sonida mamlakat V milliy chempionati boshlanishiga 38 kun qolgani munosabati bilan kichik eslatma elon qilingan. 

O'zbekiston MTJ Xitoy va Saudiya Arabistonida bo'lib qaytdi. Terma jamoa bosh murabbiyi bilan tashkil qilingan intervyuda takidlanishicha, vakillarimiz Xitoyga borgan kuni mamlakatda tinimsiz yomg'ir yog'gan. Mahalliy klublarning barchasi band, ertasi kuni esa “hali jismoniy tomondan to'liq tayyor bo'lmagan” terma jamoamiz Xitoy olimpiya termasiga qarshi o'ynashgan va yirik hisobda mag'lub bo'lishgan. 3 kundan so'ng boshqa shaharda o'tkazilgan revanshda esa durang qayd etilgan. Murabbiyning so'zlaiga ko'ra, “hakam Xitoy tomoniga yon bosan”.

Saudiya Arabistoni yoshlariga qarshi uchrashuvda ham mag'lubiyat – 1:3.

V milliy chempionat birinchi davrasining taqvimiga ko'ra, o'yinlar 20 apreldan 24 iyulgacha davom etadi. 

O'zbekiston kubogi bahslarining guruh bosqich o'yinlari 27 martdan 6 aprelga qadar bo'lib o'tsa, chorak final uchrashuvlari avgustdan boshlanishi kutilmoqda. 

Gazetadagi etiborli bir jihat – 1992-1995 yillar mamlakat Oliy ligasining yakuniy jadvallari, mavsumda qancha o'yin bo'lgani va nechta gol urilgani keltirilgan. 

Ayni shunday jadvallar bugungi kunda ham zarur. O'zPFL saytida ayni soatlarda 2022 yildan 2007 yilgacha bo'lgan jadvallar mavjud ekan. 

Foto: 2023 yil 25 iyul, O'zPFL saytidan skrinshot

Tashkilot bu ishni davom ettirib, 1992 yilgacha etkazib qo'ysa ajabmas, qachondir. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика