So’nggi yangiliklar

01:23Суҳроб Иззатов: "Бир метрдан очиқ дарвозага ҳам тўп кирмаяпти"  0 00:54Зоир Жўрабоев: "Суперлигада учта гол урганман ва уларнинг барчаси "Бунёдкор" дарвозасидан ўрин олган"  0 00:39Луис Качорри: "Бугун "Бунёдкор" билан ўз майдонимиздаги сўнгги ўйиним бўлиши мумкин"  0 00:17Одил Ҳамробеков биринчи даврада унга энг кўп қийинчилик туғдирган футболчи кимлигини айтди  0 00:09Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025. "Фламенго" - "Бавария" баҳсининг асосий таркиблари маълум қилинди  2 23:48Элдор Мойлиев: "Яккакурашларда ютқазсангиз, ҳеч қанақа тактика ёрдам бермайди"  0 23:33Михаил Еремчук: "Ғалаба учун аввало футболчиларга раҳмат"  2 23:30Суперлига. "Бухоро" ва "Бунёдкор"дан камбэк  1 23:14Иван Бошкович: "Ҳеч кимнинг бошини ёрмоқчи эмасман. Биз бундай ҳолатларга тайёр бўлиб боряпмиз"  3 22:56Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ "Интер Майами"га имконият қолдирмади  165 22:45Илёс Зейтуллаев: "Бундай ажойиб ҳиссиётларни фақатгина футбол бера олади. Носир Абдусаломовни ўтган йилдан бери кузатиб келаман"  2 22:15Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Шри-Ланкани 10:0 ҳисобида тор-морт этди. Нилуфар Қудратовадан "покер"  1 21:55Суперлига. "Бухоро" камбек амалга ошириб, "Шўртан"ни мағлуб этди   13 21:18Моуриньюга "Манчестер Сити" ҳимоячиси керак  0 20:56"Бунёдкор" суперкамбэк эвазига "Сўғдиёна"ни мағлуб этди  15

U-23 Osiyo chempionati. O'zbekiston Xitoyni mag'lub etdi Yangiliklar

U-23 Osiyo chempionati. O'zbekiston Xitoyni mag'lub etdi

U-23 Osiyo chempionati doirasidagi Xitoy - O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tdi.
 

U-23 Osiyo chempionati
"C" guruhi, 2-tur
Xitoy - O'zbekiston - 0:2 
12 yanvar 2020 yil. Songxla. "Tinsulanon" stadioni.
Hakamlar:
Abdulrahmon Al Jassim, Tolib Salim Al Marri, Saud Ahmad Al Maqaleh, Hamis Al Kuvari (hammasi Qatar)
VAR hakamlari: Abdulla Al Marri (Qatar), Umar Muhammad Ahmad Hassan Al Ali, Muhammad Abdulla HAsan Muhammad (ikkisi BAA)

Gollar: Islom Qobilov 45+2 penalti, - 0:1. Nurillo To'xtasinov 80, - 0:2.

Amalga oshirilmagan penalti: Islom Qobilov 66 (darvozabon).

Xitoy U-23: 12.CHen Vei, 3.Xuang Zengyu, 4.Vei Zen, 5.Zu CHenjie, 6.Xuag Kong (21.Zang Lingfeng, 59), 7.Yang Liyu, 8.Duan Liyu, 10.Xu Jingxang, 11.CHen Binbin, 14.Zao Jiafey, 15.Feng Bosuan,
Zaxira: 1.Li Guansi, 22.Zang Yan, 2.Tong Lei, 9.Zang Yuning, 13.Zou Junchen, 16.Yang SHuai, 17.Li Ruofan, 18.Jiang SHenglong, 19.Tian Xin, 20.Dilmurat Mavlanyaz, 23.CHen Pu.

O'zbekiston U-23: 1.Abduvohid Nematov, 2.Islom Qobilov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Abdulla Abdullaev, 6.Aziz G'aniev, 9.Jasurbek Yaxshiboev (18.Doston Ibragimov, 90+2), 10.Bobir Abdixoliqov (11.Mirjahon Mirahmadov, 86), 19.Ilhom Alijonov, 20.Husniddin Aliqulov, 22.Sanjar Qodirqulov, 23.Oybek Bozorov (8.Nurillo To'xtasinov, 76).
Zaxira: 12.Mashhurjon Muhammadjonov, 21.Nizomiddin Ziyovutdinov, 5.Dilshod Saitov, 7.SHarof Muxitdinov, 13.SHerzod Nasrullaev, 14.Abrorbek Ismoilov, 15.Oybek Rustamov, 16.Azizbek Amonov, 17.Islom Kenjaboev.

Ogohlantirishlar: Ilhom Alijonov 23,


Video. Xitoy U-23 - O'zbekiston U-23. Uchrashuvni ONLAYN tomosha qiling


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90+4. Uchrashuv yakunlandi, Xitoy - O'zbekiston 0:2

90+2. O'zgarish. O'zbekiston. Jasur Yaxshiboev o'rniga Doston Ibragimov

90+1. ZARBAA! Mirjahon Mirahmadov birga bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi, noaniq

90. Asosiy vaqtga 4 daqiqa qo'shib berildi

89. ZARBAA! Nurilloning chap qanotdan yo'llagan zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi

86. O'zgarish. O'zbekiston. Bobir Abdixoliqov o'rniga Mirjahon Mirahmadov

86. Xitoyliklar bosimni oshirishdi, ketma-ket ikkita burchak to'piga ega bo'lishdi raqiblarimiz

80. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! NURILOO TO'XTASINOOOOOOOOV 0:2. Hojiakbar Alijonovning yo'llagan zarbasi himoyachiga tegib qaytdi, qaytgan to'pni darvoza qarshisida turgan Nurillo To'xtasinov bir harakat bilan gol urdi.

78. Xitoyliklar oxirgi daqiqalardan tashabbusni o'z qo'llariga olishdi va ketma-ket hujumlar qilishmoqda

76. O'zgarish. O'zbekiston. Oybek Bozorov o'rniga Nurillo To'xtasinov

73. ZARBAAAAAAA! CHap qanotdan Sanjar Qodirqulov chap oyog'i bilan zarba berdi, noaniq!

72. Xavfli vaziyat! Bobir Abdixoliqov birga bir vaziyatga chiqib bordi va to'pni darvozabonga oldirib qo'ydi

66. ZARBAAAAAAAAAA! Islom Qobilov bu safar penaltidan gol ura olmadi, darvozabon to'pni qaytardi! Hisob o'zgarmay qoldi


65. PENALTI! Bosh hakam VAR yordamida xitoylik futbolchi Abdixoliqov boshi bilan zarba bergan paytda qo'li bilan o'ynaganini ko'rdi va ikkinchi bor penalti belgiladi.  

62. Yaxshiboev o'ng qanotdan chap oyoqda to'pni havodan uzatdi, Abdixoliqovning bosh bilan yo'llagan zarbasini darvozabon ushlab oldi

53. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Yaxshiboevning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Abdixoliqov darvozaga yo'lladi, to'p darvoza ustunidan bir necha santimetrlar yonidan o'tib ketdi!

48. Xavfli vaziyat! Ilhom Alijonovning to'p uzatishidan keyin xitoylik futbolchi sal qolsa o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yishi mumkin edi

46. Ikkinchi taym boshlandi



45+2. Birinchi taym tugadi, hozircha 1:0 hisobida oldindamiz

45+2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ISLOM QOBILOV 0:1. Sardorimiz sovuqqonlik bilan 11 metrli jarima to'pidan gol urdi

45. PENALTI! Oybek Bozorov raqib himoyachisi tomonidan yiqitildi va penalti belgilandi!


43. Yaxshiboevning yana bir zarbasini posbon ushlab oldi! 

37. MOQ rahbari Rustam SHoabdurahmonov va O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov o'yinni stadionning o'zida kuzatib borishmoqda

31. ZARBAAAAAAAA! G'anievning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi

29. ZARBAAAAAA! Ajoyib kombinaciyadan so'ng Yaxshiboevning zarbasi noaniq ketdi! 

28. ZARBAAAAAAAAAAAAA! G'anievning kuchli zarbasini xitoylik darvozabon qaytardi!

27. Xavfli vaziyat! Ilhom Alijonov chap qanotdan to'pni sheriklariga uzatdi, himoyachilarni to'pni qaytarishdi 

23. Ogohlantirish. O'zbekiston. Ilhom Alijonov

21. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! AZIZ G'ANIEV! CHamasi 25 metrlardan yo'llagan zarba darvoza ustuniga tegib qaytdi!

18. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAA! Hojiakbar Alijonov uzatgan to'pni Qodirqulov boshi bilan darvozaga yo'lladi, darvozabon to'pni qaytardi, qaytgan to'pni Yaxshiboev yana darvozaga tomon yo'lladi, kuchsiz zarbani posbon baratarf etdi!

15. Markazdagi futbolchilarimiz ancha faol o'ynashoqda, gol kerak bizga gol!

10. Vakillarimiz o'yinni anchagina hujumkor tarzda boshlashdi

6. VAR hakamlari golni hisoblashmadi... 

6. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAA! GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! G'anievning kuchli zarbasini darvozabon qaytardi, qaytgan to'pni Husniddin Aliqulov darvozaga yo'lladi, hakamlar hozircha golni inobatga olishmayapti 

1. O'YIN BOSHLANDI! OLG'A O'ZBEKISTON!

- Navbat O'zbekiston davlat madhiyasiga!

- Dastlab Xitoy davlat madhiyasi yangraydi

- Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda.

- Sonkxla shahrida ob-havo futbol o'ynash uchun juda qulay, ayni futbol havosi desak bo'ladi. Taxminan 25-28 daraja atrofida issiq. Stadion uzra dengizning mayin  shabbodasi esib turibdi. Bu haqda ayni paytda stadionda bo'lib turgan saytimiz maxsus muxbiri Akramjon Mamadaliev malumot berdi.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:15da boshlanadi. 



Reyting: +86   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика