So’nggi yangiliklar

16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  0 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  0 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2

Xitoy Taypeyidagi qiyinchiliklar, Superliga murabbiylariga rahmat, Argentina va Urugvayga qarshi bo'lajak o'yinlar haqida - Farhod Nishonov Yangiliklar

Xitoy Taypeyidagi qiyinchiliklar, Superliga murabbiylariga rahmat, Argentina va Urugvayga qarshi bo'lajak o'yinlar haqida - Farhod Nishonov

O'zbekiston U-20 terma jamoasi Xitoy Taypeyida o'tgan Osiyo kubogi saralash bahslarini 100 foizli natija bilan yakunlab qita birinchiligiga yo'llanma olganidan xabaringiz bor.

Ushbu saralash bahslari yakunlangach O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov championat.asia saytiga intervyu berdi.

"Dastlabki uchta o'yinni yirik hisobda yutganimizdan keyin ham bo'shashmadik. Sababi yo'llanmaga ega chiqmagandik. Bahraynga qarshi uchrashuvdan oldin raqiblarda ham imkoniyat bor edi. Yirik g'alabalar tufayli chetdan qaraganda barchaga Osiyo kubogi yo'llanmasi oson qo'lga kiritilgandek tuyulishi mumkin. Lekin yigitlar mashg'ulotlar va maydon tashqarisida qanday sabrli bo'lishganini o'zim guvohi bo'ldim. Bu erdagi ovqatlar halol emasligi uchun yigitlar ularni tanovul qilishmadi ham. Bundan tashqari mashg'ulotlar ham, o'yinlar ham suniy maydonlarda o'tkazildi. To'g'ri jarohatlar bo'lmadi, lekin futbolchilarimizning oyoqlarida og'riqlar bor va ko'karishlar ko'rinib turibdi. Yigitlar Xitoy Taypeyidagi ob-havoga ham ko'nikishdi. Bu erda namlik juda ham yuqori bo'lganini barcha ko'rdi deb o'ylayman.

Yana bir narsani alohida takidlash lozim. Bu saralash musobaqasi FIFA kunlarida o'tmadi. SHu bois Superliga klublari murabbiylariga katta rahmat aytmoqchiman. Barcha murabbiylar o'z futbolchilarini terma jamoaga qo'yib yuborishdi. 1 oy davomida yigitlar terma jamoada bo'lishdi va bizga katta yordam berishdi.

Keyingi rejalarimizga kelsak Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko'ramiz. Saralashdagi o'yinlarimizni kuchaytirishimiz shart. Raqiblar ham bizni o'rganishni boshlashadi. O'z o'yin uslubimizni o'zgartirmagan holda individual tarzda yigitlar o'sishi kerak. O'FA xalqaro bo'limi Argentina va Urugvay terma jamoalari bilan muzokara o'tkazishmoqda. Argentina bilan viza bo'yicha muammo bo'lmoqda. Agar barchasi yaxshi ketsa oktyabr oyidagi FIFA kunlarida shu ikki davlat terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazamiz. Fevral oyidagi Osiyo kubogiga qadar yana yig'inlar va o'yinlar o'tkazamiz", - dedi Farhod Nishonov championat.asia saytiga bergan intervyusida.



Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика