Xitoy. So'nggi turda "Beyjing Goan" va "CHanchun Yatai" g'alaba qozondi
30 okt 2016 18:48
Yangiliklar
Xitoy. So'nggi turda "Beyjing Goan" va "CHanchun Yatai" g'alaba qozondi
Hamyurtlarimiz to'p tepayotgan "Beyjing Goan" klubi o'z uyida "Xenan Czyanie"ga qarshi o'ynab g'alabaga erishdi - 3:1. Mezbonlar safida Krimec to'liq o'ynadi, Sergeev esa 77-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi. "Beyjing Goan" 43 ochko bilan mavsumni 5-pog'onada tugatdi.
Anzur Ismoilov faoliyat olib borayotgan "CHanchun Yatai" klubi ham so'nggi turda g'alaba qozondi. "SHanxay SHenxua"ni qabul qilgan jamoa 1:0 hisobida zafar quchib Superligada qolishga erishdi. Ismoilov doimgidek bahsda to'liq o'ynadi. "CHanchun Yatai" 35 ochko bilan mavsumni 12-o'rinda yakunladi.
Xitoy Superligasi. Musobaqa jadvali
"Beyjing Goan" - "Xenan Czyanie" 3:1
Gollar: Renato Augusto 38, Burak Yilmaz 67, 72 - Usmon Sou 87
"CHanchun Yatai" - "SHanxay SHenxua" 1:0
Gol: SHuai Pei 44
Fikrlar