Xitoy - O'zbekiston. 23 foiz o'quvchi bugun g'alabaga ishonmayapti
12 jan 2020 14:55
Yangiliklar
Xitoy - O'zbekiston. 23 foiz o'quvchi bugun g'alabaga ishonmayapti
U-23 Osiyo chempionati doirasidagi Xitoy - O'zbekiston uchrashuvi boshlanishiga oz qolmoqda.
Bugun saytimizning telegram kanaliga ushbu o'yinga atalgan so'rovnomani joylashtirgan edik. Hozirga qadar ushbu so'rovnomada 8500dan ziyod o'quvchi ishtirok etdi.
77 foiz o'quvchi bugun O'zbekiston g'alaba qozonadi deb ovoz berdi. 11 foiz o'quvchi ikkinchi turda ham olimpiyachilarimiz durang qayd etadi deb hisoblagan. 12 foiz o'quvchi esa bugun Xitoy g'alaba qozonadi deb o'ylamoqda.
Natija qanday bo'lishini Toshkent vaqti bilan soat 18:15da boshlanadigan o'yindan so'ng bilib olamiz. Olg'a O'zbekiston!
Fikrlar