Xitoy bilan o'yinni kutayotgan muxlislar uchun xushxabar
28 avg 2017 17:24
Yangiliklar
Xitoy bilan o'yinni kutayotgan muxlislar uchun xushxabar
31 avgust sanasida O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida Xitoyga qarshi mehmonda to'p tepadi.
Biroz oldin saytimizda ushbu o'yin to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etilmasligi haqida xabar chop etilgan edi. Hozirgina Sport telekanali xodimi bilan aloqaga chiqdik. Sport TV xodimi bu haqdagi savolimizga quyidagicha javob berdi: "Hozirga kelib Xitoy - O'zbekiston o'yinini to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etadigan bo'lib turibmiz. Agar, o'sha kuni kutilmagan holat yuzaga kelmasa terma jamoamizning Xitoy bilan uchrashuvini jonli tarzda tomosha qilishingiz mumkin bo'ladi".
Demak, muxlislar O'zbekiston terma jamoasining xitoyliklarga qarshi o'yinini jonli tarzda ko'rishlari mumkin.
O’xshash yangiliklar
21:05
Parij-2024. O'zbekiston ikkinchi turda Misrga yutqazdi va guruhdan chiqish imkoniyatini yo'qotdi 813
Fikrlar