Xitoyning eng boy odami "Sautgempton"ni sotib olmoqchi
19 jan 2014 14:18
Yangiliklar


Xitoyning eng boy odami "Sautgempton"ni sotib olmoqchi
Daily Mirror nashrining xabariga ko'ra, Xitoylik biznesmen Van Czyanlin "Sautgempton" klubini sotib olmoqchi ekan.
U klub xo'jayini Katarina Libxerr bilan muzokaralarni boshlagani aytilmoqda. Klub 175 million funt sterlingga sotilishi mumkin. Czyanlin Xitoyning eng boy odami hisoblanadi. Agar u "Sautgempton"ni sotib olsa klubga ancha pul ishlatishi mumkin.

Fikrlar