So’nggi yangiliklar

02:02Валижон Раҳимов: "Андижон" ўз ўйинини топиб олади"  2 01:50Жавоҳир Сиддиқов: "Насаф" доимий соврин ютмоқда, бу ҳам ёқимли ҳолат"  1 01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  0 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  2 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  15 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  2 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  1 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  239 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10

97 kishining umriga zomin bo'lgan "Xillsboro" fojiasiga 34 yil to'ldi Yangiliklar

97 kishining umriga zomin bo'lgan "Xillsboro" fojiasiga 34 yil to'ldi

1989 yilning 15 aprelida sodir bo'lgan "Xillsboro" stadionidagi dahshatli fojia Britaniya futboli tarixidagi eng dahshatli voqealardan biri bo'lgan.

"SHeffild Uensdey" stadioni – "Xillsboro"da Angliya Kubogi yarim final o'yinida "Liverpul" va "Nottingem Forest" o'zaro to'qnash kelishgan. O'sha uchrashuvda "Liverpul" klubi ishqibozlaridan 94 nafari halok bo'lgan, 766 kishi turli xildagi jarohatlarni olgan. Keyinchalik jarohatlanganlarning ikki nafari bu hayotdan ko'z yumgani malum qilingan.

Voqealar rivoji

1989 yil 15 aprel kuni soat 15:00 da Angliya Kubogi yarim finali doirasida "Nottingem Forrest" va "Liverpul" bahsi boshlanishi kerak. Yo'l ishlari tufayli mersisaydlik ishqibozlarning aksariyati arenaga start xushtagidan 20 daqiqa oldin etib kelishgan.

"O'yin boshlanganida "Liverpul" muxlislarining tribunasi deyarli bo'sh edi", – deb eslaydi "Nottingem" ishqibozlaridan biri.

Turniketlarda nosozlik kuzatilgan, shuning uchun policiyachilar markaziy darvozani ochib, muxlislarning chiptalarini tekshirmasdan turib kiritib yuborishga qaror qilgan. Natijada arenaning markaziy tribunasida qariyb 5 ming muxlis paydo bo'lgan. Odamlar tuzoqqa tushishgan. Ularni uch tomondan panjara bilan o'rab olingan joy kutardi. Dahshat! Buning ustiga odamlar oqimi hech to'xtamasdi. Bir necha soniya ichida birinchi qatordan joy egallaganlar temir panjaralarga "yopishib qolishgan".

Devid Dakenfild boshchiligidagi policiya xodimlari tiqilinchni tartibsizliklarning boshlanishi deb hisoblagan va shunchaki dahshatli vaziyat yuz bergan panjara oldida tizilishgan.

Qo'shni sektorlardagi ishqibozlar "tuzoqqa tushganlar"ga yordam berishga harakat qilgan – ular sektorlar orasidagi to'siqlardan o'tib, yuqoriga ko'tarilib borishgan. Muxlislar darvozani sindirishga muvaffaq bo'lib, maydonga yugurib chiqishgan. Huquqni muhofaza qilish organlari esa ushbu oqimni to'xtatishga harakat qilgan. 

Soat 15:06 da ko'pchilik tibbiy yordamga muhtoj ekanligi malum bo'lganda o'yin to'xtatilgan. Ko'ngillilar shifokorlarni chaqirishgan, ammo Dakenfild soat 15:15 dan keyin maydonga tez yordam mashinalarini kirishini taqiqlab qo'ygan. Oqibatda 44 ta tibbiy brigadadan faqat 14 tasi jabrlanganlarni kasalxonaga olib ketgan.

"Xillsboro"dagi tiqilinchda 97 kishi vafot etgan. Eng yosh qurbon – 10 yoshli Jon Pol Jilxuli (Stiven Jerrard amakisining o'g'li). Eng yoshi katta qurbon esa 67 yoshli Jerard Baron bo'ldi. U "Liverpul" o'yinchisi Kevin Baronning akasi edi.

O'rganishlar jarayoni va uning oqibatlari

Fojiadan bir necha kun o'tgach, "The Sun" gazetasi "Haqiqat" deb nomlangan maqolani bosib chiqardi, unda jurnalistlar halokat sababchilari sifatida tribunadan joy olgan "Liverpul"ning mast muxlislari, deya keltirishdi.

Mersisayd oylab, yillab motam tutgan va qattiq qayg'uga cho'mgan. Gazetani sotib olishni to'xtatishgan va "The Sun" Liverpulda 30 yil davomida eng kam sotilgan gazetaga aylangan. Fojiadan 28 yil o'tgach, "Liverpul" klubi nashr muxbirlariga o'z o'yinlariga kirishni hamda klubning barcha tadbirlarida qatnashishni man qilgan.

Fojia uchun javobgar bo'lganlarning davlat darajasidagi tergovi oshkor qilinmagan. Guvohlik bergan policiya xodimlari bir-birlarini himoya qilishgan va agar ular muxlislarni tribunaga qo'ymaganlarida qurbonlar soni bundanda ko'p bo'lishi mumkinligini aytishgan. Sud jarayoni bir necha yil davom etib, barcha buyruqlarni bergan policiyachi Dakenfildning sog'lig'i yomonlashgani bois uni javobgarlikdan ozod etishgan.

Keyinchalik maydon va tribunalar orasidagi to'siqlar barcha ingliz stadionlaridan olib tashlangan va turib ko'riladigan joylardan voz kechilgan.

Qayg'uli hodisadan 21 yil o'tgach, halok bo'lganlarning qarindoshlari bosimi tufayli hukumat voqeani tekshirish uchun maxsus komissiya tuzdi.

2016 yil 26 aprel kuni Sud hayati tomonidan Janubiy Yorkshir policiyachilari haqiqatga to'g'ri kelmaydigan harakatlarni amalga oshirishi natijasida ko'plab insonlar o'lim topgani to'g'risida qaror chiqarildi.


Futbol o'z yo'liga. O'zingiz va yaqinlaringizni asrang!


SHerzod Nurmatov tayyorladi 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика