

"Bu normal holat. Menga rahbariyat bilan muloqot qilib turish yoqadi. Abramovich o'tgan hafta bir necha marta mashg'ulotlarga keldi. Vaholanki, uni o'zim chaqirgandim. U futbolni sevadi. Jarayonlarning bir qismi bo'lishni istaydi. Odatda, ho'jayinlar faqat qandaydir ko'ngilsizliklar paytida mashg'ulotlarga keladilar. Bizda esa bunaqa emas. Uning mashg'ulotlarga kelishidan hech qanday bosimni his qilmayman", - deydi gollandiyalik murabbiy.



