“Xetafe” – “Barselona”. Neymar o'yinni o'tkazib yuboradi
15 dek 2013 08:06
Yangiliklar


“Xetafe” – “Barselona”. Neymar o'yinni o'tkazib yuboradi
“Barselona” klubi hujumchisi Neymar, Ispaniya chempionatining 16-turidan o'rin olgan “Vilyarreal”ga qarshi o'yinda (2:1), navbatdagi 5-sariq kartochka bilan ogohlantirildi.
SHu sababli o'yinda dublga erishgan braziliyalik futbolchi, chempionatning 17-turidan o'rin olgan “Xetafe”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.
“Men burchak to'pi berishni so'raganimda, menga sariq kartochka ko'rsatildimi yoki yo'qmi buni bilmayman... Men hattoki sariq kartochka olganimni umuman eslay olmayman ham. Jazoga tortiladigan hech ish qilmadim”, - deydi Neymar o'yindan so'ng.

Fikrlar