Xeytinge “Norvich”, “Fiorentina” va “Betis” klublari transfer nishoniga aylandi
30 dek 2013 09:46
Yangiliklar


Xeytinge “Norvich”, “Fiorentina” va “Betis” klublari transfer nishoniga aylandi
O'yin vaqtining kamligi tufayli yanvarda boshqa klubga o'tishni rejalashtirayotgan “Everton” klubi himoyachisi Jonni Xeytinge, “Betis” klubi qiziqish doirasiga tushib qoldi.
30 yoshli gollandiyalik futbolchiga “Betis” bosh murabbiyi Xuan Karlos Garridoning shaxsan o'zi qiziqmoqda, deb xabar beradi Inside Spanish Football.
Manbaning xabariga ko'ra, Xeytingega “Vest Xem”, “Norvich”, “Fulxem”, “Roma” va “Fiorentina” klublari ham qiziqishmoqda.

Fikrlar