Xedira jarohati tufayli 6 hafta, Sandro esa 3 hafta maydonga tushmasligi mumkin
19 iyu 2020 11:54
Yangiliklar


Xedira jarohati tufayli 6 hafta, Sandro esa 3 hafta maydonga tushmasligi mumkin
"Yuventus" yarim himoyachisi Sami Xedira jarohati tufayli 6 haftani o'tkazib yuborishi mumkin.
Turin klubi rasmiy sayti oldinroq 33 yoshli germaniyalik futbolchining jarohat olganini elon qilgan edi.
SHuningdek jamoa himoyachisi Aleks Sandro ham jarohat olgan. Uning 3 hafta maydonga tushmasligi taxmin qilinmoqda.
Xedira joriy mavsum "Yuventus" safida barcha musobaqalarda 18ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.
Sandro esa 2019/20 yilgi mavsumda "keksa sinora" libosida 33ta o'yinda, 4ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar