Xayrullo Abdiev: "Nasaf" yoshlarini mag'lub etishimiz ham mumkin edi"
31 mar 2016 23:06
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/203302_original.jpg)
![](/upload/storage/203302_220.jpg)
Xayrullo Abdiev: "Nasaf" yoshlarini mag'lub etishimiz ham mumkin edi"
- Bugungi o'yin qiziqarli va tomoshabop bo'ldi. Maydonda ikkala jamoa azolari ham ochiq, hujumkor o'yin ko'rsatishga intilishdi. Birinchi bo'limda tashabbus qisman shogirdlarim tomonida bo'ldi va hisobni ochish uchun yaxshi imkoniyatlarga ham ega bo'ldik. Biroq, yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirishda yigitlarga biroz aniqlik etishmadi. Ikkinchi bo'limda esa "Nasaf" ustunlikni o'z qo'llariga olishgan bo'lsa-da, o'yinda hisob ochilmadi.
- Murabbiy sifatida shogirdlaringizning tayyorgarligini qanday baholaysiz?
- Mavsum boshlanganiga ko'p bo'lgani yo'q. SHu bois hali shogirdlarim to'liq tayyor, deb aytolmayman. Ayni paytda jamoamiz jismoniy jihatdan qandaydir 75-80 foizga tayyor. Lekin turdan turga jamoaning o'yini ochilib bormoqda va umid qilamanki chiroyli o'yinlarimiz hali oldinda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar