So’nggi yangiliklar

14:30Вирцнинг "Ливерпул"га мега трансфери! Нима учун инглизлар шунча пулдан воз кечишга қарор қилишди?  0 14:20ОКМК 6 йилдан буён Намангандан ғалабасиз қайтмоқда. Лушчан ва Қосимов дуэлида ким ғолиб чиқади?  2 13:58"Ал Иттиҳод" Погба учун курашга киришди  1 13:37Учрашувнинг сўнгги қисми жанжалга айланиб кетган "Нефтчи" - "Бухоро" баҳсидан ГАЛEРEЯ  1 12:25"Интер" Маркус Рэшфордни нишонга олди  3 11:47А Серия клуби Антони билан шартнома имзолашга уринди. Аммо, у Испанияга қайтишни хоҳламоқда  1 11:20"Манчестер Сити" ўйинчиси янги клуби билан келишувга эришди  1 10:51Поль Погба “Монако“га ўтмайди. Унинг режалари ўзгарди  4 10:23“Арсенал“ Испания терма жамоаси аъзоси билан келишувга эришди (Фабрицио Романо)  2 09:55Элдор Шомуродовга Франциядан ҳам таклиф бор  23 09:27“Манчестер Сити“ Ҳусановни Франция клубига ижарага беришни истамади  19 08:58Расман. Аббосбек Файзуллаев жамоасига янги бош мураббий тайинланди  0 08:28“Истанбул Башакшехир“ Элдорнинг трансфери учун “Рома“га қанча таклиф қилгани маълум  8 08:01Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  4 07:31Суперлига. Бугун 13-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  13

Xayrulla Karimov: "VAR bo'lgani yaxshi, lekin to'xtalishlar ko'p bo'lyapti" Yangiliklar

Xayrulla Karimov: "VAR bo'lgani yaxshi, lekin to'xtalishlar ko'p bo'lyapti"

Coca-Cola Superliganing 12-turidan o'rin olgan AGMK - "Qo'qon-1912" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Xayrulla Karimov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.





- O'yin haqida

- O'yin yaxshi o'tdi deb o'ylayman. "Qo'qon-1912" bilan xoh uyda bo'lsin, xoh safarda bo'lsin har doim qiziqarli uchrashuv bo'ladi.  O'yin muxlislarga yoqdi deb umid qilaman. 3 ochkoga ega bo'lib, tanaffusga yo'l olyapmiz.

- O'zbekiston chempionatida bu yildan VAR'dan foydalanilmoqda. VAR bo'yicha fikringiz qanday?

- VAR bo'lgani yaxshi, lekin to'xtalishlar ko'p bo'lyapti. Bugungi vaziyatni oladigan bo'lsak, VAR penaltini, qizil kartochkali holatni ko'rib chiqdi. VAR bo'lmaganida buni iloji bo'lmasdi va boshqacha bo'lib ketishi mumkin edi. Hakamlar tizim orqali adolatli qarorga keldi va haqli ravishda g'alaba qozondik deb o'ylayman. Yigitlarga o'yin uchun rahmat deymiz, tanaffusga yaxshi kayfiyatda chiqib ketyapmiz.

- Tanaffusdagi rejalar aniqmi?

- Rejalar aniq. Ertaga yana muhokama qilib olamiz.

- Tarkibda o'zgarishlar bo'ladimi?

- Buni bosh murabbiyni o'zi biladi. Tanaffusda o'zaro kelishib, bir qaror qabul qilinadi.

- Vadim Abramovning aytishicha, JCH saralash o'yinlarida bizda darvoza va himoya chizig'i asosiy muammomiz bo'ldi. Siz nima deb o'ylaysiz, bizda haqiqatan terma uchun yaxshi markaziy himoyachilar yo'qmi?

- Bor, ularga imkon berish kerak. Misol uchun, Anzur Ismoilov va Egor Krimecni yoshi o'tdimi, demak, yoshlarni tayyorlash kerak. Rustam Ashurmatov, Husniddin Aliqulov, Umar Eshmurodov, Sardor Rahmonov bor.  Qo'rqmasdan, shularga imkon berish kerak. Hamma joyda bosh murabbiy javobgar bo'ladi, Abramov shunaqa degan bo'lsa, bu uning fikri. Lekin yoshlarga imkon berish kerak deb hisoblayman.

- Hozirgi o'zbek futbolida Xayrulla Karimov uslubiga yaqin yosh himoyachini ko'ryapsizmi? 

- Sal oldin aytganimdek, ular ko'p. Husniddin Aliqulov, Sardor Rahmonov, Rustam Ashurmatov, Bobur Yo'ldoshev... Ular o'zini ustida qancha ko'p ishlashsa, shuncha kuchayib borishadi. Imkon berish kerak, sekin-sekin porlab chiqishadi, bizda yo'q deb o'tirishdan foyda yo'q. Hujumchini himoyaga qo'ymaysiz-ku?! 

- Qachondir sizni ham bosh murabbiy sifatida ko'ramizmi?

- Albatta, Xudo xohlasa niyat bor. Mirjalol Qosimov, Hikmat Ergashev va Aleksandr Volkovdan ko'p narsa o'rganyapman. Bizda ahil murabbiylar shtabi yig'ilgan. Lekin baribir shoshilmaslik kerak, manaman degan yulduzlar ham 7-8 yoki 8-9 yildan keyin bosh murabbiy bo'ladi. Misol uchun, Zinedin Zidan.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика