So’nggi yangiliklar

00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  0 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  0 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  2 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  9 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16

Xayrulla Hamidovning o'zbekistonlik futbolchilardan tuzgan "Orzular terma jamoasi" (2-sonning davomi) Yangiliklar

Xayrulla Hamidovning o'zbekistonlik futbolchilardan tuzgan "Orzular terma jamoasi" (2-sonning davomi)

Kecha, Xayrulla Hamidovning jahon futbolchilaridan tuzgan “Orzular terma jamoasi”ni etiboringizga taqdim etgandik.

Bugun esa o'zbekistonlik futbolchilardan tarkib topgan jamoa bilan tanishtirib o'tamiz.

“Orzular terma jamoasi” (O'zbekiston)

Sxema: 4-3-3

Darvozabon – Pavel Bugalo;

Himoyachilar – Vitaliy Denisov, Anzur Ismoilov, Andrey Fyodorov, Fevzi Davletov;

Yarim himoyachilar – Mirjalol Qosimov, Odil Ahmedov, Server Jeparov;

Hujumchilar – Maksim SHackix, Aleksandr Geynrix, Eldor SHomurodov.

MURABBIY: Vadim Abramov.

Zaxiradagilar: Nikolay SHirshov, Timur Kapadze, No'mon Hasanov, SHuhrat Maqsudov, Oleg SHackix.

Darvozabon:

Pavel Bugalo (45 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1995-2007 yillar oralig'ida milliy jamoa darvozasini (40 o'yinda) himoya qilgan. Ikki bora (1996, 1997) O'zbekistonda yil futbolchisi nomiga sazovor bo'lgan.


Himoyachilar:
Fevzi Davletov (47 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1994-2005 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 52 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini uch bora ishg'ol etgan. 1994-yil Xirosimada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari chempioni. 

Vitaliy Denisov (32 yosh) – Rossiyaning “Rubin” jamoasi azosi. 2006-yil bosh jamoa safida debyut uchrashuvini o'tkazgan. Hozircha terma libosida oxirgi o'yini 2018-yilning sentyabrida Eronga qarshi o'rtoqlik bahsiga (0:1) to'g'ri keladi. Umuman olganda esa Denisov termada 72 o'yinda qatnashib, raqiblar darvozasini bir bora ishg'ol etishga muvaffaq bo'lgan. 2013-yil O'zbekistonda yil futbolchisi deya tan olingan. 

Andrey Fyodorov (48 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1994-2006 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 65 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 7 bora ishg'ol etgan. 1994-yil Xirosimada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari chempioni.

Anzur Ismoilov (34 yosh) – "Lokomotiv" (Toshkent) jamosi azosi. Termadagi faoliyatini joriy yilda yakunlashga qaror qildi. Umuman olganda, Ismoilov 2007-2019 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 101 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 3 bora ishg'ol etgan. Osiyo Kubogi-2011da kuchli to'rttalikka kirgan. 


Yarim himoyachilar:

Odil Ahmedov (31 yosh) – Xitoyning “SHanxay SIPG” jamoasi azosi. 2007-yil bosh jamoa safida debyut uchrashuvini o'tkazgan va hozirga qadar faoliyatini davom ettirmoqda. Terma libosida 102 o'yinda ishtirok etib, 20ta gol kiritgan. 6 karra (rekord: 2009, 2011, 2014, 2015, 2016, 2018) O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deya etirof etilgan. Osiyo Kubogi-2011da kuchli to'rttalikka kirgan. 

Mirjalol Qosimov (49 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1992-2005 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 67 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 31 bora ishg'ol etgan. 4 karra (1993, 1998, 2001, 2004) O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deya etirof etilgan. O'smirlar o'rtasida ikki karra (1987, 1988) Evropa hamda jahon (1987) chempioni. 1994-yil Xirosimada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari g'olibi.

Server Jeparov (37 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 2002-2017 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 128 bahsda (rekord) maydonga tushib, raqiblar darvozasini 25 bora ishg'ol etgan. Ikki marta Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. SHuningdek, 2 bora O'zbekistonda yil futbolchisi nomiga sazovor bo'lgan. Osiyo Kubogi-2011da kuchli to'rttalikka kirgan.


Hujumchilar:

Maksim SHackix (41 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1999-2014 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 61 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 34 bora (rekord) ishg'ol etgan. 4 karra (2003, 2005, 2006, 2007) O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deya etirof etilgan. ECHL tarixida osiyolik ikkinchi (11 gol bilan) raqamli to'purar. Osiyo Kubogi-2011da kuchli to'rttalikka kirgan.

Eldor SHomurodov (24 yosh) – Rossiyaning “Rostov” jamoasi azosi. Termadagi debyutini 2015-yil JCH-2018 saralashidan o'rin olgan Yamanga qarshi bahsda (1:0) o'tkazgan. SHomurodov hozirga qadar bosh jamoa libosida 42 o'yinda qatnashib, 19 bora raqiblar darvozasini ishg'ol etdi. Eldor 2019 yil bosh jamoa safida 13ta gol urib, eng yaxshi ko'rsatkichni ko'rsatdi. 

Aleksandr Geynrix (35 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 2002-2017 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 97 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 31 bora ishg'ol etgan. 2002 yil O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo'lgan. Osiyo Kubogi-2011da kuchli to'rttalikka kirgan.


MURABBIY:

Vadim Abramov (57 yosh) – O'zbekiston MTJ ustozi.  Uning bosh jamoa boshqaruvidagi ilk davrida (2010-2012) O'zbekiston Osiyo Kubogi-2011da to'rtinchi o'rinni egallagan. O'zbekistonning 2011 yildagi eng yaxshi murabbiyi.  

Zaxiradagilar: 

Nikolay SHirshov (himoyachi, 45 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1996-2005 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 63 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 13 bora ishg'ol etgan.

Timur Kapadze (yarim himoyachi, 38 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 2002-2015 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 119 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 10 bora ishg'ol etgan. Osiyo Kubogi-2011da kuchli to'rttalikka kirgan. 

No'mon Hasanov (yarim himoyachi, 48 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1992-1997 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 25 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 5 bora ishg'ol etgan.

Oleg SHackix (hujumchi, 45 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1996-1997 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 11 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 9 bora ishg'ol etgan. Termada ketma-ket (6 o'yinda 8ta) gol urish bo'yicha mutlaq rekordchi hisoblanadi. O'zbekistonning 1995-yildagi eng yaxshi futbolchisi. 

SHuxrat Maqsudov (hujumchi, 49 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1992-1997 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 21 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 11 bora ishg'ol etgan. 1994-yil Xirosimada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari chempioni.

P.S. Loyihaning keyingi soni kimga atalashini xohlar edingiz? 

“Orzular terma jamoasi” (jahon). 1-son. Davron Fayziev.

“Orzular terma jamoasi” (O'zbekiston). 1-son. Davron Fayziev.

“Orzular terma jamoasi” (jahon). 2-son. Xayrulla Hamidov.

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика