So’nggi yangiliklar

16:20"Милан" собиқ футболчиси жамоанинг илк ўйинлари ҳақида тўхталди  0 15:54"Насаф" президенти ва бош мураббийи жамоа мухлислари билан учрашди  1 15:22"Челси" украиналик дарвозабонга кўз тикди  3 14:51Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Аргентина ва Уругвай билан ўйнайди!  2 14:20Рибери мураббийлик лицензиясига эга бўлди  1 13:53Артета: "Арсенал"да эканлигимдан фахрланаман"  1 13:24Жибриль Сиссе панжара ортида ўтириши мумкин  3 12:55"Манчестер Сити" январь ойидаги трансфер мақсадини белгилаб олди  3 12:30Украина футзал терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 11:532016 йилги жаҳон чемпиони Аргентина терма жамоасининг "Ҳумо Арена"даги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 11:25"Насаф" легионери 3 та ўйинга дисквалификация қилинди, Иван Бошкович ва Рўзиқул Бердиевга интизомий чора кўрилди  34 10:51Роналду кейинги йилларда "Олтин тўп"га асосий даъвогарлар кимлар бўлишини маълум қилди  12 10:15Бразилия термаси устози ваъда берди  5 09:42ЦСКА голеадор ҳужумчи билан шартнома тузди  3 09:05«Динамо» легионер футболчиси билан шартномани узайтирди  6

Xayriya akciyasida Ahmedovning do'stlari Kapadze do'stlarini mag'lub etdi Yangiliklar

Xayriya akciyasida Ahmedovning do'stlari Kapadze do'stlarini mag'lub etdi

Bugun Odil Ahmedov va Temur Kapadzening do'stlaridan iborat jamoalar o'rtasida xayriya akciyasi bo'lib o'tdi.

Yurak xastaligiga chalingan Hasanjon Ergashevga bag'ishlab o'tkazilgan shou o'yini o'zgacha kayfiyatda o'tdi. Mazkur o'yin bloger, huquqshunos, Xushnudbek Xudoyberdiev bilan hamkorlikda o'tkazildi. Bemor ukamiz uchun allaqachon kerakli mablag' deyarli yig'ilib bo'lingani uchun bugungi o'yin Hasanjon uchun hayotga bo'lgan umidini kuchaytirishga bag'ishlandi deb aytsak mubolag'a bo'lmaydi.


SHouga O'zbekiston milliy terma jamoasi yulduzlari, futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga hozirlik ko'rayotgan yigitlarimizdan tashqari, tomoshabinlar qatoridan taniqli murabbiy Mirjalol Qosimov, O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasining bosh kotibi Oybek Kasimov va O'zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o'rinbosari Murod Aliev o'rin olishgani bizni quvontirdi.

Uchrashuvga ikki jamoa ham "Sen albatta sog'ayib ketasan, Hasanjon!" nomi ostidagi futbolkalarda zalga tushib kelishdi. 6 yoshli Hasanjon va uning 4 yoshli ukasi Imomjon "Joma" kompaniyasi tomonidan maxsus tiktirilgan futbolkalarda Ahmedov va Kapadzening qo'lini ushlab zalga kirib kelishdi


Odil Ahmedov jamoasi - Temur Kapadze jamoasi 13:11

Hakamlar: SHuhrat Po'latov, Umid Po'latov.

Gollar: Jasur Hasanov 3ta, Azim Ahmedov 2ta, Kamoliddin Murzoev 3ta, Odil Ahmedov 4ta, Dilshod Irsaliev - Temur Kapadze 2ta, Farhod Abdumavlonov 3ta, Iltdar Magdeev 3ta, To'labek Akromov, Dilshod Rahmatov, Server Jeparov. 

Odil Ahmedov jamoasi: Rustam Umarov, Odil Ahmedov, Kamoliddin Tojiev, Ilhom Suyunov, Samandar Xamroqulov, Alisher Uzoqov, Anvar Soliev, Jasur Hasanov, Mirzakamol Kamolov, Kamoliddin Murzoev, Azim Ahmedov, Dilshod Irsaliev, Islom Ohunov (muxlis). 

Bosh murabbiy: Yoqub Ahmedov (aktyor, Odil Ahmedovning akasi)

Temur Kapadze jamoasi: Ignatiy Nesterov, Mamur Ikromov (darvozabonlar), Server Jeparov, Temur Kapadze, Anzur Ismoilov, SHavkat Mullajonov, Ildar Magdeev, Lutfullo To'raev, Islom To'xtaxo'jaev, To'labek Akramov, Kozim Murodov, Dilshod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov, Umid Xudoyberdiev (muxlis). 

Bosh murabbiy: Baxtiyor Ismoilov va Davron Fayziev (Sport sharhlovchisi).

Uchrashuvni futzal bo'yicha JCHda hakamlik qilgan SHuhrat Po'latov boshqarib bordi. Tomonlar darvozalarni tanlab olgach, ramziy manoda to'pga ilk zarbani Hasanjon va Imomjon kiritib berdilar.


O'yin avvalida hech qanday kelishuv bo'lmasligi haqida gaplashib oldik. Kim kuchli bo'lsa o'sha jamoa g'alaba qozonsin. Hisobni Kapadze ochdi, shundan keyin Ahmedovning jamoasi ketma-ket to'rtta gol urib tabloda ustunlikni qo'lga oldi. Katta futbol darvozaboni kichik zalda qiynalishiga yana bir bor amin bo'ldik. Nesterov va Ikromov shu kuni rosa muammolarga duch keldilar. Odil Ahmedov buni bilgan chog'i, o'z darvozasini futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi posboni Rustam Umarovga topshirdi, yana Dilshod Irsaliev ham jamoa safidan joy oldi. Raqib tarkibida esa Farhod Abdumavlonov va Dilshod Rahmatov to'p tepdilar. Anvar Soliev esa kichik futbolda ancha qiynaldi, bir-ikki tushib qaytib tushmadi. Samandar Hamroqulov bir vaziyatda Lutfullo To'raevni "zamax"da olib o'tdi. 

Ha, aytganday. Odil Ahmedov jamoasiga uning akasi, aktyor Yoqub Ahmedov murabbiylik qildi. Kapadzening jamoasiga esa "Lokomotiv" mamuri, Baxtiyor Ismoilov va sharhlovchi Davron Fayziev ustozlik qildi. SHu o'rinda takidlab o'tishni istardimki, o'yindan keyin bu ikki mutaxassisga chiqish eshiklari ko'rsatildi. 


Hisob tez orada tenglashdi, 4:4. SHundan keyin navbati bilan hisobda oldinga o'tishlar bo'ldi. Hisob 9:9 bo'lib turgan bir paytda zalga "Kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashish" bo'limi boshlig'i Ahrol Inoyatov kirib keldilar. SHundan keyin zalda hazil aralash, jiddiy o'ynash kerakligi aytib o'tildi. O'z navbatida, tadbirimizga tashrif buyurgan "Paxtakor"ning tarixdagi eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lgan Ahrol akaga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Axrol aka kelgach, o'yin yana o'zgardi. Ahmedovning jamoasi 11:9 hisobida oldinga chiqib oldi, “fol”lar soni 5taga etgani sabab "Kapadzening do'stlari" penalti tepish huquqini qo'lga kiritdilar. Hisob 12:11 bo'lgan payt, yana bitta golga qadar davom ettirildi. Agar Kapadzening jamoasi gol ursa durang va penalti bo'lardi. Lekin Ahmedov, o'ynovchi darvozabonni oldinga chiqib ketganidan unumli foydalangan holda hisobni 13:11 ko'rinishga olib keldi.


Futbolchilar 2016 yil ham mana shunday yig'ilishga vada berishdi. Bu safar Hasanjonning sog'ayib ketganini nishonlaymiz va unda albatta, muxlislarni ham taklif etamiz. Birinchisi uchun uzr.


O'z navbatida tadbir tashkil etilishida yaqindan yordam bergan O'zbekiston Futzal Associaciyasi ijrochi direktori Rustam Tolibjonov, bosh mutaxassis Jahongir Rahmatullaev, "Lokomotiv" PFK Bosh direktori o'rinbosari To'labek Akramov va O'zbekiston milliy terma jamoasi (katta va futzal) futbolchilariga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Video va fotogalereyani bugun va ertaga saytimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.



Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика