So’nggi yangiliklar

00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  8 00:09"Эспаньол" — "Барселона". Таркиблар маълум  1 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  0 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  5 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  10 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2

Xayr, xususiy klublar! (bugungi o'yinlar haqida) Yangiliklar

Xayr, xususiy klublar! (bugungi o'yinlar haqida)

Teglar :  Superliga25-tur
Superligani to'g'ridan to'g'ri tark etadigan klublar nomiga aniqlik kiritildi.

Pro ligaga ravona bo'lganlarning ikkalasi ham xususiy jamoalar hisoblanishini bilasiz. Afsuski, ular mavsum davomida elitadagi raqbotchilariga munosib qarshilik ko'rsata bilishmadi. "Andijon" va "Turon"ga Pro liganing kelasi mavsumida omad tilagan holda tezroq Superligaga qaytishlarini kutamiz. Hozir esa 21 noyabr kuni o'tkazilgan uchrashuvlarga to'xtalmoqchimiz.

"Andijon" 1:2 "Navbahor"

1. Boyan Naydenov Superligadagi debyut golini urdi. Buning uchun bolgariyalik yarim himoyachiga 12 ta o'yin kerak bo'ldi.

2. Igor Golban bu yil "lochinlar" libosida ilk golini urdi. U "Navbahor" tarkibida oxirgi bor 2020 yilning 7 iyulida raqib darvozasini ishg'ol qilgan edi.

3. "Andijon"ning yagona goliga mualliflik qilgan Usmonali Ismonaliev ayni paytda "burgutlar"ning eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi. Eslatib o'tamiz, 23 yoshli Usmonali bizga markaziy himoyachi sifatida tanilgan edi. Viktor Kumikov uni hujum chizig'ida sinab ko'rib, xato qilmadi.

4. "Andijon" qatorasiga 6-o'yinda ham g'alaba qozona olmadi. Jamoa azolari so'nggi bor 19 sentyabr kuni "Paxtakor" ustidan zafar quchishgan edi.

5. Ushbu jamoalarning 1-davradagi o'yinini ham Zokir Qodirov boshqargan. O'shanda "Andijon" minimal hisobda g'alaba qozongan edi.

"Mashal" 2:1 "Qizilqum"

1. "Gazchilar" forvardi Godvin CHika Okvara O'zbekiston chempionatidagi ilk dublini rasmiylashtirdi.

2. Oleg Tolmasov Superligadagi debyut golini urdi. Rossiyalik himoyachi bunga qadar "Qizilqum" libosida kubok bahslarida 1 ta to'p kiritgan edi.

3. Bugun ogohlantirilgan Oybek Nurmatov kartochkalarining soni 4 taga etgani bois so'nggi turda "Mashal"ga yordam bera olmaydi (PFL rasmiy sayti).

4. "Qizilqum" xavbeki Jasur Azimov ham mavsumdagi 4-sariq kartochkasini ishlab oldi (PFL).

5. Hamidjon Aktamov shogirdlari so'nggi 4 o'yinning barchasini yutqazishdi.

"Metallurg" 1:0 "Turon"

1. SHahzodbek Nurmatov mavsumdagi 3-golini urdi. U 2020 yilni 1, 2019 yilni 2 gol bilan yakunlagan edi. SHuningdek, Nurmatovning gollari muhim bahslarda kiritilgani va Bekobod klubiga 6 ochko taqdim qilganini ham alohida takidlash kerak.

2. Bugun ogohlantirilgan Farrux Ibrohimov kartochkalarining soni 4 taga etgani bois so'nggi turda "Metallurg"ga yordam bera olmaydi (PFL rasmiy sayti).

3. "Metallurg"ning 6 o'yindan iborat mag'lubiyatli seriyasi yakunlandi.

4. "Turon" so'nggi 10 ta o'yinda atigi 2 ochko jamg'ardi.

5. Bugun "Metallurg" markaziy stadioniga 2150 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. Malumot uchun, Bekobodda o'tgan so'nggi 2 o'yinni umumiy hisobda 340 nafar muxlis arenaning o'zidan kuzatgan edi.

To'rtta gol urilgan Toshkentdagi o'yindan 11 fakt

Muallif :
Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика