Xavining jamoasi nechta o'yindan buyon yutqazmayapti?
19 fev 2020 21:34
Yangiliklar
Xavining jamoasi nechta o'yindan buyon yutqazmayapti?
Kecha, OCHLning 2-turi doirasida Xavi murabbiyligidagi “Al Sadd” (Qatar) o'z maydonida “Sepaxon”ni (Eron) yirik hisobda (3:0) taslim etdi.
Doha shahri klubi ispaniyalik mutaxassis boshqaruvida barcha musobaqalarda qatorasiga 9 o'yindan buyon mag'lubiyat nimaligini bilmay kelishmoqda.
8 bahsda “Al Sadd”ning qo'li baland kelgan (5tasida yirik hisob bilan) bo'lsa, CHempionlar Ligasining ilk turi doirasida “Al Nasr”ga qarshi safarda bo'lib o'tgan uchrashuvda jangovar durang (2:2) qayd etilgan.

Jamoa hozirda OCHLning “D” guruhida 4 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi. Qatar Yulduzlar Ligasida esa Xavi shogirdlari 14-turdan keyin 30 ochko bilan 3-o'rinda borishmoqda. SHuningdek, “Al Sadd” mamlakat Kubogining chorak finalida Sardor Rashidov o'ynayotgan "Qatar SK"ni penaltilar seriyasida mag'lub etib, yarim finalga yo'l olgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar