Xavi Barselonada qolishi malum bo'lganidan so'ng nimalar dedi?
26 apr 09:19
Yangiliklar
Xavi Barselonada qolishi malum bo'lganidan so'ng nimalar dedi?
Yangi mavsumda ham Barselonada ishlashi malum bo'lgan Xavi jamoada nima uchun qolgani haqida fikr bildirdi.
«Gap pulda emas. Bu erda menga ishonishmoqda. Futbolchidan to rahbariyatgacha menga ishonmoqda. Men «Barselona»ning muxlisiman va buni barcha yaxshi biladi. Yanvar oyida ketishim eng to'g'ri yo'l ekanligini tushunib etgandim. Hozir esa fikrimni o'ylab ko'rdim va qolishga qaror qildim.
Joriy mavsum hech nima yutmasligimiz aniq. Biroq men kelasi mavsum uchun jamoaga foydali bo'lishi mumkin bo'lgan ishlarni qilishga tayyorman», — dedi Xavi.
Fikrlar