Xavi "Real" bilan o'yinda Pikeni maydonga tushirmoqchi emas
14 okt 2022 07:28
Yangiliklar
Xavi "Real" bilan o'yinda Pikeni maydonga tushirmoqchi emas
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi "Real"ga qarshi o'yinda Jerar Pikeni maydonga tushirmoqchi emas.
Malumotlarga qaraganda, murabbiy 16 oktyabr kungi o'yingacha Jyul Kundening tayyor bo'lishiga umid qilmoqda.
Xavi "Inter" bilan o'yinda Pikening o'zini tuta olmaganidan norozi va uni zaxira o'rindig'iga qaytarmoqchi.
Kunde 22 sentyabr kuni oyog'idan jarohat olgandi. Ayni paytda uning holati qoniqarli baholanmoqda. Agar u shu tempda sog'ayishda davom etsa, "Klasiko"da dastlabki daqiqalardan maydonga tusha olishi mumkin.
Fikrlar