Xavi Pyanichning "Barselona"dan ehtimoliy ketishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi
27 iyu 2022 12:28
Yangiliklar


Xavi Pyanichning "Barselona"dan ehtimoliy ketishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi yarim himoyachi Miralem Pyanichning jamoadan ehtimoliy ketishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"Menga Pyanich juda ham yoqadi, u maydonni noyob tarzda ko'ra oladigan ajoyib futbolchi. U o'yinda doim oldinga qaraydi va katta texnik imkoniyatlarga ega. Bugun uning "Yuventus"ga qarshi o'yini menga manzur keldi. Ko'ramiz, transfer oynasi so'nggiga qadar nima bo'larkin", — deydi Xavi.
32 yoshli bosniyalik o'tgan mavsumni ijara asosida "Beshiktosh"da ijara asosida o'tkazdi va 26ta o'yinda 4ta assist qayd etdi.
Uning "Barselona" bilan shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar