Xavi primerodagi g'alabalari soni bo'yicha 5-o'ringa chiqib oldi
15 dek 2013 08:29
Yangiliklar


Xavi primerodagi g'alabalari soni bo'yicha 5-o'ringa chiqib oldi
“Barselona” klubi yarim himoyachisi Xavi, jamoasining Ispaniya chempionati 16-turidan o'rin olgan “Vilyarreal”ga qarshi o'yindagi g'alabasiga o'z hissasini qo'shdi (2:1).
SHunday qilib Xavi, Ispaniya chempionati doirasida 287-o'yinni g'alaba bilan yakunladi. Futbolchi bunday natija bo'yicha Fransisko Xentoni ortda qoldirib, 5-o'ringa (286) chiqib oldi.
Eng ko'p g'alabalarni to'rt nafar o'yinchi qo'lga kiritgan: Iker Kasilyas (309), Manolo Sanchis (312), Raul (327) va Andoni Subisarreta (333).

Fikrlar