Xavi: "Pike va qolganlar yaxshi ishlayapti, qarorni esa Luis Enrike qabul qiladi"
06 noy 2014 14:26
Yangiliklar


Xavi: "Pike va qolganlar yaxshi ishlayapti, qarorni esa Luis Enrike qabul qiladi"
"Barselona" yarim himoyachisi Xavi Ernandes fikricha, keyingi o'yinlarda himoyachi Xerar Pike o'zini ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ladi.
"Qarorni murabbiy qabul qiladi. Pike butun mavsum davomida jamoaga juda kerak bo'ladi. "Ayaks" bilan uchrashuvda Luis Enrike boshqa futbolchilarga ishondi. Biz hammamiz asosiy tarkibda maydonga tushish uchun harakat qilamiz. Xerard ham barcha kabi ishlayapti va o'zini ko'rsatish uchun imkoniyatga ega bo'ladi" - deydi Xavi.

Fikrlar