Xavi: “Oltinga teng uch ochko”
11 apr 2022 08:40
Yangiliklar
Xavi: “Oltinga teng uch ochko”
La Liga doirasida “Levante” ustidan qo'lga kiritilgan qiyin g'alaba (3:2)dan keyin “Barselona” ustozi Xavi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Birinchi bo'lim umuman o'xshamdi. Jamoa ham ruhan, ham jismonan charchagan ko'rindi. Payshanba kuni o'tgan o'yin tasiri sezildi. Biroq, 2-taymni ancha yaxshi o'tkazdi.
Oxirigacha kurashganimiz va muvaffaqiyatga ishonganimiz tufayli maqsadimizga erishdik. Lyuk de Yongning goli esa bizga ishonch berdi. U qoyilmaqom professional va bunga haqli edi.
Juda keskin va qiyin bahs. To'pni oldinga uzatishdagi muammolarni hal qilolmadik, ammo bu uch ochko oltinga tengdir.
Muhim holatlardan biri Ter SHtegenning seyvlari, ikkinchisi esa Lyukning goli bo'ldi. Bu kabi detallar yakunda natijani belgilaydi. Futbolchilar katta kuch sarflashdi”, deydi ispaniyalik mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Fikrlar