Xavi: "Levandovski - transfer maqsadimiz"
21 may 2022 23:32
Yangiliklar
Xavi: "Levandovski - transfer maqsadimiz"
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes jamoasi yozda "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskini sotib olishga harakat qilishini yana bir bor tasdiqladi.
Oldinroq polshalik hujumchi intervyusida "Volfsburg"ga qarshi safar o'yini uning "Bavariya" libosidagi so'nggisi bo'lishi mumkinligini aytgandi.
"Levandovski - transfer bozoridagi variantlarimizdan biri. Muzokaralar davom etmoqda, uning shartnoma muddati yakunlanishiga bir yil qoldi. "Bavariya"ni ishontirish oson bo'lmaydi. Moliyaviy qiyinchiliklar? Laporta menga jamoani kuchaytirishimiz mumkinligini aytdi, shuning uchun men xotirjamman", - deya xulosa qildi Xavi matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Levandovski "Barselona" bilan 3 yillik shartnoma borasida kelishib olgani haqida xabar berilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Fikrlar