Xavi "Kadis"ga qarshi o'yin haqida: "Hayot-mamot to'qnashuvchi. Yutqazib qo'ysak, "El Klasiko"dan naf ko'p bo'lmaydi"
13 apr 2024 00:52
Yangiliklar
Xavi "Kadis"ga qarshi o'yin haqida: "Hayot-mamot to'qnashuvchi. Yutqazib qo'ysak, "El Klasiko"dan naf ko'p bo'lmaydi"
PSJga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng murabbiy allaqachon La Liga haqida o'ylashni boshladi.
"Barselona" klubi bosh murabbiyi Xavi La Liga doirasidagi "Kadis"ga qarshi o'yin haqida gapirib o'tdi.
"Kadis" oxirgi beshta o'yinda faqatgina bir marta mag'lub bo'lgan. Ular ligada jon saqlab qolish uchun o'ynashmoqda. O'rtada ularning hayoti bor.
Qiyin o'yin kutmoqda. "Kadis" yaxshi tashkillashtirilgan, agressiv jamoa. Hayot kabi muhim uch ochko uchun kurash kechadi. Agar oxirigacha kurashishni istasak, bu o'yinda g'alaba qozonishimiz shart.
Hayot-mamot to'qnashuvchi, agar bu o'yinda g'alaba qozona olmasak, chempionat tugadi, desa ham bo'laveradi. Biroq, biz sochiqni uloqtirmaymiz.
Yutqazib qo'ysak, "El Klasiko"dan naf ko'p bo'lmaydi. CHempionlik uchun o'ynaymiz. Jamoaga motivaciya berish unchalik ham shart emas", -deydi Xavi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar