Xavi: “Endi “Real” bilan oradagi farq 8 ochko”
06 fev 2023 09:40
Yangiliklar
Xavi: “Endi “Real” bilan oradagi farq 8 ochko”
Ispaniya chempionati 20-turida “Sevilya” ustidan qo'lga kiritilgan yirik (3:0) g'alabadan keyin “Barselona” ustozi Xavi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Ochkolar farqiga, o'yin uslubiga, natija uchun ishonch bilan o'ynashga etibor qaratamiz. Ajoyib uchrashuv o'tkazdik. Endi “Real” bilan farq 8 ochkoga etdi. CHetdan Rafinyaga tanqidlar bo'lganiga qaramay, uni nafaqat gollari va assistlari uchun, balki o'yinini ham qadrlaymiz. U to'plarni olib qo'ymoqda, u o'zini tutib olgan va bu jamoa muvaffaqiyatining kalitidir. U qatorasiga ikki o'yinda to'p kiritdi va Rafinya boshqalarga qaraganda ko'proq ajralib turganga o'xshaydi, ammo u butun mavsum davomida bu ishni amalga oshirib kelmoqda”, deydi Xavi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar