Xavi Depayning Korreaga almashtirilishiga qarshi chiqdi
17 jan 2023 10:23
Yangiliklar


Xavi Depayning Korreaga almashtirilishiga qarshi chiqdi
Niderlandiyalik futbolchi yozgacha Kataloniya klubida qolishi mumkin.
"Barselona"ga Memfis Depayni "Inter"ning argentinalik hujumchisi Xoakin Korreaga almashtirish varianti yoqdi. Biroq "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xavi bunday kadrlar qaroriga qarshi va bu haqda klub rahbariyatini xabardor qilgan, deb xabar beradi AS.
Depay joriy mavsum "Barselona" safida atigi 4 ta o'yinda maydonga tushdi. Kataloniyaliklar Memfisdan qutulmoqchi, biroq niderlandiyalik hujumchi Xaviga yoqadi.
Avvalroq "Barselona" Depayni "Inter" futbolchisiga almashtirishga yaqin ekanligi malum bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar