Xavi De Yongning "Barsa"da qolishi uchun unga bitta shart qo'ydi
25 iyu 2022 20:45
Yangiliklar
Xavi De Yongning "Barsa"da qolishi uchun unga bitta shart qo'ydi
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes Frenki de Yong bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida ispan mutaxassisi De Yongga klubda qolishi uchun bitta shart qo'ydi: yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish uchun uning maoshi 50 foizga kamayishiga rozi bo'lish.
Niderlandiyalik futbolchining klubdagi taqdiri mana shu uchrashuvga bog'liq edi. Malum bo'lishicha, ustoz-shogird kelishuvga erishgan. Biroq aniq tafsilotlar elon qilinmagan. Ehtimol, Frenki bu masalada yana o'ylab olishi mumkin.
Avvalroq Xavi De Yongni markazda o'ynatmoqchi ekanligi, shuningdek, futbolchiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Fikrlar