Xavi Braziliya terma jamoasi va "Borussiya"ni boshqarishdan bosh tortdi
19 may 2021 16:28
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/638157_original.jpg)
![](/upload/storage/638157_220.jpg)
Xavi Braziliya terma jamoasi va "Borussiya"ni boshqarishdan bosh tortdi
"Al Sadd" bosh murabbiyi Xavi Qatar klubi bilan shartnomani uzaytirishdan oldin ikki taklifni rad etgan.
41 yoshli ispaniyalik mutaxassis Braziliya terma jamoasini, shuningdek Dortmundning "Borussiya" klubini rad etdi. Nemis klubi Xaviga 3 yillik shartnoma taklif qildi. Jamoani hozirgi vaqtda vaqtinchalik Edin Terzich boshqarmoqda.
Braziliya futbol federaciyasi esa "Barselona" afsonasiga JCH-2022da Titening assistenti bo'lishni, turnirdan so'ng esa jamoa bosh murabbiyiga aylanishni taklif qilgan.
"Al Sadd" mayda ispaniyalik mutaxassis bilan shartnomani 2023 yilga qadar uzaytirdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar