Xavi: "Biz "Jirona"ni mag'lub etmasak, bu falokat bo'ladi"
28 jan 2023 15:50
Yangiliklar


Xavi: "Biz "Jirona"ni mag'lub etmasak, bu falokat bo'ladi"
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes La Liganing 19-turida "Jirona"ga qarshi o'yindagi umidlari haqida gapirdi.
"O'tgan mavsum bilan solishtirganda biz juda yaxshi holatdamiz – La Ligada etakchimiz, Ispaniya Kubogi yarim finaliga chiqdik va Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritdik. Ajoyib davr.
Bu – "Barselona", biz "Jirona"ni mag'lub qilishimiz kerak. Agar g'alaba qozona olmasak, bu falokat bo'ladi. SHunday ekan, keling, o'yin boshlanishidan oldin hozirgi holatimizdan bahramand bo'laylik", – dedi Xavi Ernandes.
Eslatib o'tamiz, “ko'k-anorranglilar” 44 ochko jamg'argan holda La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Asosiy raqobatchi "Real" esa 41 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. "Jirona" va "Barselona" o'rtasidagi bahs bugun bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar