

"O'tgan mavsum bilan solishtirganda biz juda yaxshi holatdamiz – La Ligada yetakchimiz, Ispaniya Kubogi yarim finaliga chiqdik va Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritdik. Ajoyib davr.
Bu – "Barselona", biz "Jirona"ni mag'lub qilishimiz kerak. Agar g'alaba qozona olmasak, bu falokat bo'ladi. Shunday ekan, keling, o'yin boshlanishidan oldin hozirgi holatimizdan bahramand bo'laylik", – dedi Xavi Ernandes.
Eslatib o'tamiz, “ko'k-anorranglilar” 44 ochko jamg'argan holda La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Asosiy raqobatchi "Real" esa 41 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. "Jirona" va "Barselona" o'rtasidagi bahs bugun bo'lib o'tadi.



