Xavi APLning 4 grandidan birida ishlash niyati borligini aytdi
23 sen 2019 22:30
Yangiliklar


Xavi APLning 4 grandidan birida ishlash niyati borligini aytdi
Al-Sadd ustozi Xavi Angliya chempionatida ishlash niyati borligini bildirdi.
“Maqsadim «Barselona»da ishlash, lekin, kimga ham Angliya Premer-ligasi yoqmaydi? U erdagi atmosfera, to'la stadionlar va ajoyib futbolchilar – bularning barchasi aql bovar qilmas darajada. Agar tanlash imkoniyati berilganida, shubhasiz, «Manchester Siti», «CHelsi», Londonning «Arsenal» yoki «Tottenxem» klublaridan birini tanlagan bo'lardim. Biroq, ushbu jamoalarning hozirgi murabbiylari faoliyatini yuqori darajada olib borishmoqda”, – deya qayd etgan 39 yoshli Xavi.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik sobiq futbolchining qatarliklar bilan shartnomasi 2020 yilga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar