Xavercga bir necha grand klublar qiziqmoqda, u esa "CHelsi"ga o'tmoqchi
11 iyu 2020 15:55
Yangiliklar


Xavercga bir necha grand klublar qiziqmoqda, u esa "CHelsi"ga o'tmoqchi
"Bayer" yarim himoyachisi Kay Xaverc transfer bozorida katta talabga ega.
Jurnalist Kristian Falkning xabariga ko'ra, 21 yoshli xavbekning xizmatlariga "Real", "Barselona", "Manchester Yunayted", "Bavariya" va Nyukasl" klublari qiziqmoqda.
Oldinroq,"CHelsi"ning Xavercni "Bayer"dan 75 million funtga xarid qilishi mumkinligi xabar qilingan edi. Londonliklar Xavercga 8 million evro maosh bilan 5 yillik shartnoma taklif qilgan.
"CHelsi" bilan muzokaralar davom etmoqda. Xaverc ham aynan "CHelsi" libosini kiymoqchi.
Futbolchi joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 5ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar