So’nggi yangiliklar

11:51ФИФА "Лион"га трансфер тақиқи қўйди  0 11:25БАА терма жамоаси тайёргарликни бошлади  7 11:00“Челси“ Италия чемпиони билан шартнома тузмоқчи  0 10:37Салоҳ қачон фаолиятини якунлаш ниятида эканлигини айтди  0 10:13Алонсо “Реал“ раҳбариятидан икки нафар футболчини трансфер қилишни сўради  5 09:52“Лестер“ 11 нафар футболчи билан хайрлашганини эълон қилди  0 09:27Суарес ва Месси ўзларининг футбол клубларига асос солишди  2 09:02Роналдуда иккита йўл бор  4 08:36АПЛ чемпиони 181 миллион фунт, 20-ўриндаги жамоа 110 миллион фунт мукофот олди  5 08:26Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи шогирдига қарши, бир қатор собиқ футболчилар ҳаракат қилаётган “Like cup“ мусобақаси давом этмоқда +ФОТОГАЛEРEЯ  1 08:07Ламин Ямаль янги келишув бўйича “Барселона“да қанча ишлаб олиши маълум  5 07:40Хебай собиқ жамоасига қарши ўйин ҳамда кам гол ураётганининг сабаби ҳақида гапирди  2 02:02Валижон Раҳимов: "Андижон" ўз ўйинини топиб олади"  3 01:50Жавоҳир Сиддиқов: "Насаф" доимий соврин ютмоқда, бу ҳам ёқимли ҳолат"  4 01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  4

Xaver Zanetti: “Futbol avvalo sport bo'lishi kerak” Yangiliklar

Xaver Zanetti: “Futbol avvalo sport bo'lishi kerak”

“Inter” afsonalaridan biri sanalgan Xaver Zanetti “La Nacion” nashri muxbiri bilan suhbatlashdi.


Unda argentinalik taniqli sobiq futbolchi faoliyatini tugatgandan keyingi hayoti hamda FIFAdagi mojarolar qay tariqa futbolga yordam berishi mumkinligi haqida berilgan savollarga javob qaytardi.


- Endi futbol o'ynamayotgan paytingizda sizning ustun tarafingiz nimada?

- Menda toza nom bor, menga ishonishadi. Atrofimdagilar tomonidan hurmatni sezaman. Bu o'z ifodasini xayriya jamg'armamda topgan – xayriya kechalari, o'yin va aukcionlarda olingan mablag'lar to'g'ri yo'nalishda sarflanadi.

Bugungi kunda futbol juda yomon ko'rinishda va bunday ishonch qozonish oson emas. U menda mavjud va uni saqlashga harakat qilaman. Yana futbolni yaxshiroq qilishga intilaman.

- Avval sizga tasavvur qilmagan nimadirni bildingizmi?

- O'yinchilik paytimda hammasi uchrashuvga bog'langan edi. Hozir 11 futbolchi maydonga chiqishi uchun ko'pchilik mehnat qilishini tushunib turibman. Ular o'ynashi uchun ko'p narsalarni amalga oshirish zarur.

Hamisha faqat maydonga chiqqanlar emas, balki atrofdagilarning xizmati borligini bilganman, ammo bunchalik qiyin ekanini tasavvur qilmagandim. Agar kimdir ishini noto'g'ri bajarsa, barchasi yomon ko'rinish olishi mumkin.

Futbolda harakatchanlik, ko'p jihatlar bor. Men 40 yoshimda yangi hayotni boshladim, deyarli toza qog'ozdek. Endi futbolni boshqa tomondan ko'ryapman.

- “Inter” xo'jayinlari hozir kimligingizga qarab munosabatda bo'lishayotganini anglayapsizmi?

- O'yinchilik faoliyatim tugadi. Kim bo'lganim haqidagi xotiralarni doim yodda saqlayman. Endi klubga nima taklif etishim muhim. Xo'jayinlar klubga yordam beradigan darajada o'sishimga ishonishlari lozim.

- Foyda olish uchun nima qilish darkor?

- Menejment bilan shug'ullanish kerak. Aniq, foydali, toza va ijodiy harakat qilish lozim. Televideniedan daromad juda muhim, lekin faqat unga ko'z tikish yaramaydi. Marketing, brendni rivojlantirish, jahon bo'ylab akademiyalar ochish lozim. “Inter” misolida CHempionlar ligasiga qaytish o'ta muhim – farq katta bo'ladi, chunki ushbu musobaqa orqali homiylar etiborini jalb qilish osonlashadi.

- Nega Argentina futbolini rivojlantiruvchi qo'mitaga kirmadingiz?

- Bu muhim ish va unga 100 foiz etiborni qaratish kerak. Hozir men “Inter” bilan bog'langanman. Qilayotgan ishim o'zimga yoqadi, bu er uyim va klub bilan bog'liq holda qolishni istayman. Bu qo'mitaga yordam bermasligimni anglatmaydi, lekin uning tarkibiga kirmadim. Bu mutloq etiborni talab qiladi.

- FIFAdagi mojarolardan keyin futbol olamini qanday ko'rasiz?

- Infiroz ortidan imkoniyatlar ochiladi. O'sha mojarolar futbolni boshlang'ich nuqtaga qaytardi. Uni asliga qaytarish vaqti keldi – birinchi navbatda futbol sport bo'lishi shart, keyin esa biznes. Biznesga qarshi emasman, faqat muhimlik darajasini gapirdim. Futbol avvalo sport bo'lsin, so'ng boshqa narsalar.

Argentinada barchasi quyiga sho'ng'idi va qayta qurishni o'sha erdan boshlash lozim. Kimningdir manfaatlariga bo'ysunmay, Argentina futboli haqida qayg'uradigan insonlar kerak. Uni shaffoflik qutqarib qolishi mumkin.

- Bundaylar bormi?

- Markazga Argentina futboli kelajagini qo'yish lozim va bu vaqt o'tishi bilan samara beradi. Ha, futbol – bu biznes, ammo har qanday biznes singari u foyda keltirishi, yaxshi tashkil qilingan, menejment esa shaffof bo'lishi kerak. Odamlar nima qilinganini ko'rishlari darkor.

- Infantino bilan munosabatingiz qanday?

- Jda yaxshi. U ishlagan paytda UEFA bilan ko'p narsalarni amalga oshirganman. Biz futbolni yoqtiradigan va uning rivojlanishini xohlaydigan insonlarmiz. Infantinoning futbolda ijtimoiy masuliyatga etibor qaratgani to'g'ri. U FIFAga bo'lgan ishonchni qaytarishni istamoqda. Jannida ko'plab ajoyib g'oyalar bor va FIFA ularni hayotga tatbiq etishi lozim.

- Evropada yashaysiz. Argentina futbolida nimalar ro'y bermoqda?

- FIFA AFAni kuzatish uchun qo'mita yuborgani katta xavf tug'diradi. Argentina jahon futbolida katta nom va oxirgi voqealar uning uchun yoqimsiz syurprizga aylandi. Ko'pchilik mendan qay tariqa bunday qilib quyiga tushib ketganimiz haqida so'ramoqda.

- Terma jamoaning 23 yildan beri katta turnirda g'alaba qozonmagani ham hayratlanarli.

- Etiborni 23 yilga qaratmagan bo'lardim. Bir necha safar yutuqqa haqli edik, ammo buni amalga oshirish nasib qilmadi.

- Terma jamoani qanday ko'rasiz?

- Bu vaqt katta noaniqlik bilan turibdi. O'yinchilar o'zlarini qo'lga olib, yangi murabbiyga tezlik bilan ko'nikishlari talab etiladi. SHu yilda saralash bosqichida yana 6 uchrashuvda maydonga tushamiz. Oson bo'lmaydi, ammo terma jamoaga ishonaman.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика