So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Xatolaridan xulosa chiqarmaydigan "Barsa" Yangiliklar

Xatolaridan xulosa chiqarmaydigan "Barsa"

Teglar :  Barselona
Braziliyalik "Barselona" ushlab qola olmagan birinchi yulduz emas. Bugun Kataloniya klubining tushunarsiz transfer siyosatiga nazar tashlaymiz.

1994 yil. Laudrup "Real"ga o'tgan va keyingi mavsumdayoq "Barselona"ni tor-mor keltirgan


Tarkibida Laudrup bor "Barselona" Kroyf qo'l ostida 4 marta ketma-ket Ispaniya chempioni bo'ldi. Ammo o'sha vaqtlardagi limit - maydonga bir vaqtda faqat uchta legioner tusha olishi, Kuman, Romario va Stoichkov borligi, Mikaelni asosiy tarkibdan chetda qoldirardi. Bir necha yil klub manfaatlari yo'lida harakat qilgan, gollar urib, golli uzatmalar etkazib bergan yarim himoyachi keraksiz bo'lib qoldi. Keyinroq ayon bo'ldiki, o'sha afzal ko'rilgan Stoichkov ham uzoq qolmadi jamoada. Laudrupni qanday qilib qo'yib yuborish mumkin edi? Yana boshqa klub yo'qdek "Real Madrid"ga. Navbatdagi chempionat "Barsa" "qaymoqranglilar"ga "bor yo'g'i" 5:0 hisobida mag'lub bo'ldi va chempionlikni ham Laudrupga qo'shib berib yuborishga majbur bo'ldi. 

1997 yil. "Fenomen"ning "tug'ilishini" o'tkazib yuborgan "Barselona"



Ronaldo futbol tarixida yorqin iz qoldirgan. Ammo o'sha nur yanada yorqinroq bo'lishi mumkin edi, agar... Agar jarohatlar unga pand bermaganida. "Barselona" afsonasi bo'lishi ham hech gap emasdi, ammo buning o'rniga bitta kuchli mavsum o'tkazdida ketib qoldi. 
Ronaldino bilan Barselona juda vaqtida xayrlashdi, lekin Ronaldo bilan vaziyatda oshirib yuborishgandi. "Fenomen"ni qolsa, yaxshiroq bo'lishiga ishontira olishmadi, Interning pullariga uchib, 12 millionga sotib olingan yosh futbolchini 23 ga sotishdi. Bir qarashda foydali transfer, ammo kataloniyaliklar ko'p narsa yo'qotishdi. Axir ketganiga yarim yil bo'lib ulgurmay Ronaldo dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va "Oltin to'p"ni qo'lga kiritdi, yana bir yildan keyin UEFA Kubogi finalida gol urdi jamoasi g'olib bo'ldi. Ammo Barselona uchun emas.

2000 yil. Luish Figu ishonch bilan "Barsa"ni "Real"ga almashtirgandi


Barselona" uchun eng og'riqli judolikmi? Neymargacha aniq eng yomoni edi, hozir bilmadim. Axir "Real"ga o'tganidan keyin Figu orzu qilganidek CHempionlar Ligasida zafar quchdi, ichki chempionatda Raul va Zidan bilan bir jamoada tengsiz bo'lishdi, mamlakat Superkubogini qo'lga kiritishdi. Bir so'z bilan aytganda "Barselona" sardori "Real"ga o'tdi va bu tanlovi to'g'ri bo'lganligini, futbolchilik faoliyatidagi olg'a tashlangan qadam bo'lganini barchaga isbotlab qo'ydi. Barchasiga qo'shimchasiga, Figu 2000 yil yakunlari bo'yicha "Oltin to'p"ga ham ega chiqdi.

2001 yil. "Barselona" rahbarlari Gvardiolani "xaydab solishgan"
Xosep keksa bo'rilardan biri edi jamoada, ammo uni turli xil usullar yordamida siqib chiqarishdi. Eng qizig'i bu ishlarni rahbariyatdagilarning o'zi amalga oshirgan. OAV yordamida "tirnoq ostidan kir qidirgan" rahbarlar axiri Gvardiolani va bosh murabbiy van Galni urushtirib qo'yadi. Ispaniya termasi futbolchisi jarohat olganda klub prezidenti va uning atrofidagilar sal kam bayram qilishgani haqida gaplar yuradi. Nega ular xursand bo'ladi deysizmi? Yana biroz harakat qilinsa, ertaga faoliyatini yakunlab rahbarlardan birining kursisiga ega chiqishi mumkin bo'lgan raqibni sotishga imkon tug'ilardi. 


Klub rahbarlari Xosepning mashhurligidan xavotirga tushib qolishgandi. Gvardiola "Yuventus"ga o'tishga rozi bo'ldi, ammo ko'p o'tmay u erdan Anchelottini xaydab yuborishdi, keksa Lippi esa boshqa futbolchilarga ishonch bildirdi. Yakunda Xosep "Breshiya"ga borib qoladi. U erda Maccone qaxramonimizni murabbiylik sir-asrorlaridan xabardor qilishni boshlaydi. Yana u erda Xosep mashhur Roberto Bajjo bilan do'stlashadi. Nima bo'lganda ham, futbolchi sifatida ham, murabbiy sifatida ham Gvardiola bilan chiroyli xayrlashishmadi. Ammo har ikki safar ham Pep jimgina ketdi, lekin ko'p narsani aytib tashlashi mumkin edi. 

2002 yil. Rivaldo erkin agent sifatida jamoani tark etgan
Braziliyalik yana bir futbolchi o'sha yili yozda Jahon CHempionatida to'p tepgan. Va xattoki tarixdagi eng kuchli terma jamoa safida, asosiy tarkibida chempion bo'ladi. Jamoadoshi Ronaldoning gollari evaziga Braziliya Oliver Kan darvozasini qo'riqlagan Germaniyani mag'lub etdi. Jahon chempionini shunchaki tekinga qo'yib yuborgan ham o'sha rahbarlar bo'ldi. Amaldagi Jahon chempioni, "Oltin to'p" sohibi "Barsa", aniqrog'i uning rahbarlariga kerak bo'lmay qoldi. 


2009 yil. Samuel Eto'Oni Zlatanga alishtirish



Bu transferni nafaqat rahbariyat balki, yangi jamoa qurayotgan Gvardiola ham istagan bo'lsa ajab emas. Sababi, kamerunlikning xarakteri boshqalarga salbiy tasir o'tkazishi hech gap emasdi. Uyog'ini endi faqat tahmin qilish mumkin. Ammo alohida olib qaralsa ham transfer omadsiz bo'lgandi. Samuel va yaxshigina qo'shimcha pul evaziga Zlatan xarid qilingan. Yakunda esa Ibra engilmas jamoaning bir bo'lagi bo'la olmadi. Mourino esa Samuel tarkibidagi "Inter" bilan o'sha "Barselona"ni ortda qoldirib, CHempionlar Ligasida g'olib bo'ldi. Hujumchi o'shanda juda yaxshi sport formasida edi. A seriyada zafar quchdi, Italiya Kubogi, CHempionlar Ligasi va yana bazi sovrinlarga ega chiqdi. Uni sotib yuborgan "Barselona" esa yuta olmadi. 

2013 yil. Erik Abidalga yangi shartnoma taklif qilinmagan
Yaxshi, hech bo'lmasa CHempionlar Ligasi kubogini boshi uzra baland ko'tarishga berishdi – bu ham aslida rahbarlardan emas, Puyoldan chiqqan fikr edi chamamda. Bu ishi bilan jingalak soch Abidal ham aslida buyuk sardorlardan biriligiga ishora qilgandi. Rozel va uning o'ng qo'li Bartomeu francuz erkin agent maqomida jamoani tark etishi uchun qo'llaridan kelgan barcha ishni bajarishdi. 

Abidal og'ir kasallikka chalinib, kurashni endi boshlayotganda klubdagilar unga vada berishgandi, agar futbolchi butkul tuzalib, professional darajaga qayta olsa, unga shartnoma taklif qilinadi. U uddaladi, ammo o'zi so'ragan ikki yilning o'rniga, bir yilga mo'ljallangan va qandaydir bonuslari bor tushunarsiz taklif tushdi.  "Monako" Abidalni olib ketdi, "Barselona"ga esa "ko'z tegdi". Puyol va Abidal ketganidan keyin Pikega ishonchli sherik hamon topilmayapti. To'g'ri Erik, huddi Gvardiola kabi "Barselona"ni kechirdi va klub elchisi bo'lishga rozilik berdi, ammo ko'ngildagi dog'... 

2013 yil. "Barselona" so'nggi paytlardagi eng yorqin iqtidorini yo'qotgan


So'nggi yillarda Alkantaradan kuchlirog'i chiqmadi "Barselona" akademiyasidan. Andre Gomeshni katta pullar evaziga xarid qilishga etgan aql, jamoada turgan iqtidorni saqlab qolishga etmadi. Ispaniyalikning o'tgan mavsumda "Bavariya" safidagi o'yinlarini kuzatar ekansiz, beixityor shu bola agar tarbiyalanuvchisiga ko'proq ishonch bildirsa, "Barsa"da yanada tanilishi mumkin edi degan fikr o'tadi. Tyagodan voz kechilayotganda ishonilgan Sesk, amalda "Barsa" uchun keyingi Xavi yoki Inesta bo'la olmadi. Endi esa Tyago qaytishni istamayapti. "Bavariya"da Kroos sotib yuborilgani klub xatosi bo'lganidek, "Barselona"da - Alkantara. Tyago sotib – Verrattini olib kelishmoqchi edi – PSJ shayxlarini jaxlini chiqarib yuborildi – Neymar PSJga o'tib ketib qoldi. Yakunda kim yutdi?

2016 yilga kelib endi Alves ham yoqmay qoldi
O'ng qanotni to'liq yopa oladigan futbolchi chinakamiga etishmayapti "Barselona"ga. Bitta-ikkita o'yinda Serxi Roberto yaxshi o'ynashi mumkindir, lekin Alves ketgach, o'ng qanot huvillab qoldi. Messi markazga o'tib ketdi va sxema avvalgidek ish bermay qo'ydi. Natijada "Yuventus" va "Real" Luis Enrike jamoasini o'z joyiga qo'yib qo'yishdi. Qizig'i, Alvesni qo'yib yuborganlaridan keyin, bir yil uni o'rniga munosib nomzod qidirishdi. 


2017 yil. "Barselona" Neymarni olib qololmadi
Agar Ispaniya grandi futbolchisi jamoadagi holatdan ko'ngli to'lsa, PSJ qancha beraman desa ham, yo'q deb javob beradi. Ronaldo yoki Messi kabi. 

Demak, asosiy gap "Barselona"ning o'zida, muzokara olib borgan vakillarida. Neymar va uning otasi pulni yaxshi ko'radi? Axir bu qonunan taqiqlanmaganku. SHu o'rinda savol tug'iladi, braziliyalik o'zi qochib ketdimi, yoki "Barselona", yani Bartomeu futbolchini qo'ldan boy berdimi? Yaqin haftalar ichida klubning "adekvat" ishqibozlari aslida Neymar klubga kerak bo'lmay qolganini, uni yaxshigina pulga sotib to'g'ri qilingani haqida bong urishadi. 

Aslida vaziyat unday emasligini ularning o'zlari ham tushunib turishibdi. Bir-ikki oy avval klub muxlislari aynan shu yigitni Ronaldoga tenglashtirayotgandilarku?! Neymar – Lionel va Krishtianudan so'ng, "Oltin to'p"ga asosiy davogar. Marketing jihatidan ham, maydondagi harakatlarida ham, yosh, iqtidorli va eng asosiysi kuchga to'lgan. Qanday izoh topmang, qanday bahona to'qimang, "Barselona"ga bunday futbolchini, bunday yoshda qo'yib yuborish foydali emasdi. Ramos va Karvaxal ertaga kechki payt braziliyalik ketgani sharafiga bayram uyushtirayapti. 

Kataloniya xatolardan xulosa chiqarmaydi?



"Barselona" yangi yulduz sotib olishni ko'zlab, muhim futbolchisini qo'ldan boy berdi. Va bunaqasi birinchi marta yuz bermayapti. 

Endi esa niyatiga eta olmagan klub rahbariyati Evropaning boshqa klublaridan PSJ bilan hamkorlik qilmaslikni so'ramoqda. Lekin qolganlar nega "Barselona"ning aytganini qilishi kerak? Axir yuqoridagilarni inobatga olsak, ularning o'zlari TOP darajada emaslar. Figu ulardan qochib "Real"ga o'tdi - vaholanki, "Barselona" sardori edi u o'shanda. Vaziyatni tez anglagan Alkantara "Bavariya"ga bordi va qaytish haqida o'ylamayapti. Jaxli chiqqan Eto'O "Inter"ga o'tdi va CHempionlar Ligasida g'olib chiqdi. Bu ro'yxatni uzoq davom ettirishimiz mumkin, ammo...

Neymar o'sha ro'yxatga kirishi uchun hali ko'p mehnat qilishi va PSJ bilan katta natijalarga erishishi lozim. Lekin klub transfer, futbolchilar bilan hamkorlik siyosati alo darajada yo'lga qo'yilmaganini Leo Messining otasi ham ko'rsatib berdi. Va Valverde "Barselona"si mavsumni omadsiz o'tkazsayu, qishda Messi qadrdoni Gvardiolaga qo'ng'iroq qilsayu, Pep argentinalikni Neymar bekorga Franciyaga ketmaganini tushuntirib, 2018 yil yozida "Manchester Siti"ga o'tishga ko'ndirsa, keyin Suares, huddi Leo Neymar uchun qilganidek xayrlashuv videosi tayyorlashiga to'g'ri keladi. Futbol tarixida bunday transfer hali bo'lmagandi. Gap transfer narxida emas, dunyo futboli grandlaridan biri bo'la turib, qanchadan-qancha futbolchilar futbolkasini kiyishni orzu qiladigan "Barselona" o'nlab sabablar keltirishi mumkin bo'lgan vaziyatda arab shayxlarining oddiygina "PUL" deb atalgan quroliga qarshi hech nima qila olmadi. Verrattiga og'iz solib, francuzlarni jaxlini chiqarmaslik kerakmidi, o'sha shartnomani yangilayotganda narxni 350 million qilib qo'ysa bo'lmasmidi? 

Endi uning o'rniga Usmon Dembele kelarmish, "Barselona" futbolchi bilan kelishib qo'yganmish. Uning aslida kimligi haqida avvalroq yozgandik. To'g'ri u iqtidorli, umidli yoshlardan, ammo o'ynab ketishiga kim kafolat bera oladi? 

"Barselona" nechinchi marta muhim futbolchisidan, katta yulduzidan ayrildi. Avvalgilarida yoshi nisbatan o'tib qolgan futbolchilar jamoani tark etgan bo'lsa, bu safar endigina 25 yoshga to'lgan yigit ketdi.

Gap ketib qolayotgan futbolchilardami, yoki noto'g'ri yo'l tutayotgan rahbariyatda? Axir chinakam kuchli, grand jamoa o'z etakchisini pul uchun sotib yubormaydi, "Barsa"da bu holat biroz boshqachadek.


Xorij saytlari asosida Nozima Zaripova tayyorladi 

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика