Xatolardan xulosa: A Seriya 10-tur prevyusi
15 okt 2022 15:57
Yangiliklar
Xatolardan xulosa: A Seriya 10-tur prevyusi
"Torino" - "Yuventus"
Ivan Yurich diskvalifikaciyadan so'ng yana murabbiylik ishiga qaytdi, bu juda muhim. "Buqalar"ning hujum bilan bog'liq muammolari bor. Pellegri va Sanarabiya shikastlangan va hali maydonga tushishligi aniq emas. Agar ikki forvard ham o'ynamasa, murabbiy "aldamchi to'qqizlik"dan foydalanishiga to'g'ri keladi. So'nggi vaqtlar "Yuventus"ning lazaretdagi vaziyati ham yaxshilanmayapti. Etmaganiga, Di Mariya ham safdan chiqqan. Milikning esa mushaklari toliqqan, shu sababli, to'liq o'ynay olmasligi mumkin. Ehtimol, Allegri yana 3-5-2 sxemasiga qaytar?!
O'tgan o'zaro bahsda Turin derbisi 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlangan edi. Qator muammolarga qaramay, hozir ham "keksa sinora" favorit. Lekin ularga oson bo'lmasligi turgan gap.
Torino |
Serie A . 10-tur 15/10/2022, 22:00 1
:
0
Tugadi
|
Juventus Dusan Vlahovic - 74' |
Stadion: Stadio Olimpico Grande Torino, 22269 tomoshabin
Bosh hakam: Maurizio Mariani
"Atalanta" - "Sassuolo"
Gasperinida tarkib bilan muammolar kundan-kun ortib bormoqda, bu safar himoya chizig'iga "zarba berildi". Zappakosta o'yinga tayyor bo'lishga ulgurmasligi mumkin, Xatebur esa diskvalifikaciya qilingan. Boshqa safdan chiqqanlar ham hali jarohatidan forig' bo'lgani yo'q. Dionizining ham tarkib bilan bog'liq ishlari u qadar yaxshi emas. Traore safga qaytishga yaqin, ammo hali o'ynay olmasa kerak. Domeniko Berradi esa formasi ancha yaxshilangan Romanya kabi maydonga tushish ehtimoli bor. Hujumda esa umid Lorentega yordamlashadigan Pinamontidan.
O'tgan safar o'zaro uchrashuvda jamoalar "Sassuolo" maydonida ro'baro kelgan va mezbonlar g'alaba qozongandi (2:1). Bu gal esa bergamoliklar favorit. Ularda ham muammolar bo'lishiga qaramay, bu mantiqan to'g'riroqdek. CHunki klub etakchilar qatorida, "Sassuolo" esa bu mavsum ancha qiynalmoqda.
Atalanta Mario Pasalic - 45', Ademola Lookman - 46' |
Serie A . 10-tur 16/10/2022, 00:45 1
:
2
Tugadi
|
Sassuolo Giorgos Kyriakopoulos - 41' |
Stadion: Gewiss Stadium, 17772 tomoshabin
Bosh hakam: Matteo Marcenaro
"Inter" - "Salernitana"
"Barselona" bilan o'yindagi muvaffaqiyatdan so'ng Inzagi jamoasi A Seriyada ham omadli yurishini davom ettirishga urinib ko'radi. Lukaku va Brozovich hamon tiklanish jarayonini boshdan o'tkazmoqda, Korrea esa safga qaytgan va zaxiradan o'yinga qo'shilsa ajab emas. Asosiy tarkibda Jeko-Martines juftligi bo'lishi deyarli aniq. CHorshanba kuni o'zini yaxshi tomondan ko'rsata olgan Robin Gosens ham ilk daqiqalardan maydonga tushishi kutilmoqda.
Davide Nikola bu bahsda Boxinen va Facio jamoadoshlariga yordam bera olishidan umidvor, ammo bu savol ochiqligicha qolmoqda. Radovanovichning diskvalifikaciyasi esa majburiy rotaciyaga sabab bo'ldi.
Avvalgi safar "Inter" o'z maydonida "Salernitana" darvozasiga javobsiz 5ta gol urgan, Lautaro esa xet-trik muallifi bo'lgandi. Bu safar qiyinroq bo'lsa kerak. Sababi milanliklar "Barselona" bilan o'yin charchog'idan forig' bo'lib ulgurishmadi va raqib ham avvalgidan kuchliroq holatda. SHunday bo'lsa ham, "neradzurri"ning muvaffaqiyati bu vaziyatda realroq ko'rinmoqda.
Inter Lautaro Martinez - 14', Nicolo Barella - 59' |
Serie A . 10-tur 16/10/2022, 16:30 0
:
2
Tugadi
|
Salernitana |
Stadion: Giuseppe Meazza, 75452 tomoshabin
Bosh hakam: Juan Luca Sacchi
"Verona" - "Milan"
Yangi bosh murabbiy Salvatore Bokketti "Milan"ga qarshi bahsda diskvalifikaciya qilingan CHekkerini, shuningdek, jarohatlangan Kopollaning xizmatidan foydalana olmaydi. Lazovichning bo'lmasligi "mastiflar" uchun jiddiy yo'qotish. ECHLda "CHelsi"dan uchralgan mag'lubiyat "qizil-qoralar"ni qattiq xafa qildi, qo'shimchasiga jarohatlar bilan bog'liq tushunarsiz vaziyat. Balki bu bahsda Menyan jamoasiga yordam bera olar, lekin uni yana bir hafta asrab turishsa kerak. De Kattelare o'yinda ishtirok eta olmasligi sabab Braim Diasga alternativ variant yo'q.
O'tgan safar ushbu jamoalar aynan shu stadionda duch kelgan va "Milan" 3:1 hisobida zafar quchgan. Bo'lajak uchrashuvda ham mehmonlar favorit. To'g'ri, Pioli jamoasida tarkib bilan muammolar mavjud, murabbiy almashgani esa "Verona" futbolchilariga ijobiy turtki bo'lishi lozim. Biroq mezbonlar amaldagi chempiondan ochko olib qo'yishini tasavvur qilish qiyinroq.
"Napoli" - "Bolonya"
Rraxmanining jarohati Ostigardga tarkibda joy ochadi. ECHL uchrashuvida Andre-Frank Zambo-Angissaning jarohat olgani esa jiddiyroq yo'qotish. Futbolchi kamida jahon chempionatigacha klubiga yordam bera olmaydigan ko'rinadi. Bu esa yangi jamoaga ko'nikayotgan Ndombele uchun yaxshi imkoniyat. Hujum chizig'ida esa "Ayaks" bilan o'yindagi futbolchilarni ko'rsak kerak.
Ancha vaqtni maydon tashqarisida o'tkazgan Berrouning safga qaytgani yaxshi yangilik, lekin Arnautovich belidan olgan jarohati klubdagilarni ko'proq ranjitgan bo'lsa kerak. SHu bilan birga, Orsolinining ham bu turda maydonga tushishi so'roq ostida qolmoqda. Agar shunday bo'lsa, Ebishsher va Zirrikni maydonda ko'ramiz.
O'zaro uchrashuvlarning oxirgisida "Napoli" safarda 2:0 hisobida zafar quchgan, Lozano o'z hisobiga ikkita gol yozdirib qo'ygan. CHempionat etakchisi bu safar ham haqli ravishda yaqqol favorit. "Bolonya" neapolliklarning hujumini to'xtatib qolishi juda qiyin bo'lishi aniq. "Napoli" ilk daqiqalardan ishga kirishib, gollarni uzoq kuttirmasa kerak.
Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi
Fikrlar