Xatolar ustida ishlash: A Seriya 25-tur prevyusi
03 mar 2023 17:35
Yangiliklar
Xatolar ustida ishlash: A Seriya 25-tur prevyusi
"Napoli" - "Lacio"
Ushbu uchrashuvda Mario Ruy ishtirok etmasligi aniq, u o'tgan turda qizil kartochka olgandi. SHuningdek, Jakomo Raspadori ham hamon jarohatdan tiklanmoqda va safga qaytib ulgurmagan. Markaziy himoyachi Kimning jarohati jiddiy bo'lib chiqmadi.
"Lacio"da esa diskvalifikaciya tufayli Kazale maydonga tusha olmaydi, Romanoli esa jarohatdan qutilib ulgurmadi. SHuningdek, Pedro jarohat sabab jamoasiga yordam berolmaydi. Natijada, Cakanya-Immobile-Felipe Anderson uchligi alternativ variantlarsiz qolmoqda.
SSC Napoli |
Serie A . 25-tur 04/03/2023, 00:45 1
:
0
Tugadi
|
Lazio Matias Vecino - 67' |
Stadion: Diego Armando Maradona, 54000 tomoshabin
Bosh hakam: Luca Pairetto
Birinchi davra uchrashuvida "Napoli" safarda 2-1 hisobida zafar quchgan. Bu safar jamoa o'z uyida o'ynaydi va yaqqol favorit hisoblanadi. Mutaxassislar Mauriccio Sarri jamoasiga butkul ishonishmayapti. Ha, "Napoli" hozir ajoyib formada, ammo mehmonlar ham ochkolarni osonlikcha sovg'a qilishmaydi. Ayniqsa jamoa himoyada ko'ngildagidek harakat qila olsa.
"Fiorentina" - "Milan"
Terzich o'tgan uchrashuvda jarohat oldi va qanotda uning o'rnini sport formasiga kirib borayotgan Biragi egallaydi. Bonaventura va Ambrabatning bu o'yindagi ishtiroki ham so'roq ostida. Hujum chizig'iga kelsak, Italyano eksperiment qilmasa kerak, Ikone, Gonsales va Kabral uchligini ko'rsak kerak.
Diskvalifikaciya tufayli Krunich va Leao o'yinni o'tkazib yuboradi, lekin Benasser qaytadi. Hujumda Rebichga imkoniyat beriladi va u Jiruga yordamlashadi.
Fiorentina Nicolas Gonzalez - 49', Luka Jovic - 87' |
Serie A . 25-tur 05/03/2023, 00:45 1
:
2
Tugadi
|
AC Milan Theo Hernandez - 90' |
Stadion: Artemio Franchi, Firenze, 40410 tomoshabin
Bosh hakam: Marco Di Bello
Avvalgi uchrashuvda "Milan" 2-1 hisobida, so'nggi daqiqalarda, g'alabani ilib ketgan. Bo'lajak uchrashuvda ham milanliklar favorit. "Milan" oxirgi vaqtlarda o'ziga kelib ulgurdi, lekin "Fiorentina" ham o'z o'yinini topib olgandek. SHunday ekan, "rossoneri"ga oson bo'lmasligi aniq.
"Inter" - "Lechche"
Milanliklar tarkibiga Barella va Dimarko qaytishi kutilmoqda. Inzagi o'tgan uchrashuvdagi omadsizlikdan keyin hujumda nima o'ylab topishi qiziq.
Katta ehtimol Lukaku va Lautaro juftligiga orqaroqdan CHalxanoglu yordamlashadi. Diskvalifikaciyadan keyin Di Franchesko qaytmoqda va bu Baroni uchun yaxshi yangilik. SHuningdek, Umtiti asosiy tarkibda tushishi kutilmoqda. Gonsales esa jarohatidan qutilib ulgurmasligi mumkin.
Inter Henrikh Mkhitaryan - 29', Lautaro Martinez - 53' |
Serie A . 25-tur 05/03/2023, 22:00 0
:
2
Tugadi
|
Lecce |
Stadion: Giuseppe Meazza, 75033 tomoshabin
Bosh hakam: Gianluca Manganiello
Birinchi davra o'yinida "Inter" qiyinchilik bilan "Lechche"ni mag'lub etgan 2-1. Hozir esa jamoa favorit, lekin "neradzurri"ning oxirgi o'yinlari ikkilanishga sabab bo'lmoqda. Qisqa vaqt ichida Inzagi kerakli ishlarni bajarib ulgurganmikin, "Lechche" esa chinakam bosh og'riq bo'lishi mumkin.
"Roma" - "Yuventus"
Rimliklar asosiy tarkibiga Smolling qaytadi, Paulo Dibala esa sobiq jamoasiga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin. Argentinalik jamoaga yordam bera olmasa, uning o'rnini El SHaaravi egallaydi. Maydon markazida esa Kristante, Veynaldum va Pellegrini harakat qiladi. Allegri "Torino"ga qarshi muvaffaqiyatga erishgan tarkibni o'zgartirmasa kerak. Faqatgina Lokatelli asosiy tarkibga qaytishi mumkin. Keza va Pogba yana "joker" rolida bo'lishsa kerak.
Roma Gianluca Mancini - 53' |
Serie A . 25-tur 06/03/2023, 00:45 0
:
1
Tugadi
|
Juventus |
Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 64213 tomoshabin
Bosh hakam: Fabio Maresca
Avvalgi safar bu jamoalar 1-1 hisobida durang qayd etishgan. Bo'lajak uchrashuvdan oldin "Roma" favorit sifatida ko'rilmoqda, albatta bunda rimliklar mezbonligi ham muhim rol o'ynamoqda.
Biroq "Yuventus"ga biroz past baho berishayotgandek. Jamoa ajoyib sport formasiga kirib oldi va "Roma"ga bemalol qarshilik ko'rsata oladi.
Sergey Rumyancev
Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi
Fikrlar