Xarri Keyn: "Pochetinoning ko'ngli qolganini tushunaman, biz endi yosh jamoa emasmiz"
20 sen 2019 21:30
Yangiliklar
Xarri Keyn: "Pochetinoning ko'ngli qolganini tushunaman, biz endi yosh jamoa emasmiz"
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn "Olimpiakos"ga qarshi uchrashuvdan so'ng Pochetinoning qoniqmaganiga o'z fikrini bildirdi.
"Buni (o'yindagi xato) tushuntirish qiyin, biz endi yosh jamoa emasmiz. Biz endi tajribasiz deb bo'lmaydi. Biz terma va klubda katta o'yinlarda o'ynadik. Men Pochetinoning hafsalasi pir bo'lganini tushunaman, u 6 yildan beri shu erda. Biz esa birinchi yildagi kabi yana xatolar qilmoqdamiz. Biz bu narsani tushunishimiz va yaxshiroq bo'lishimiz kerak, bizning qo'limizdan keladigani shu", – deydi Keyn.
Fikrlar