Xans-Yoaxim Vatcke: “Biz stadionlardagi muhit, chipta narxlari va terma jamoa saviyasida Angliyadan yuz karra ustunmiz”
03 noy 2016 00:55
Yangiliklar
Xans-Yoaxim Vatcke: “Biz stadionlardagi muhit, chipta narxlari va terma jamoa saviyasida Angliyadan yuz karra ustunmiz”
U yosh futbolchilar yuksak holatga chiqishi uchun vaqt kerak degan fikrda. Suhbat jarayonida Vatcke klub, Germaniya va Evropa futboli haqida ko'plab savollarga javob qaytardi.
- Yozda telefonda so'zlashuvlar uchun qancha to'lashingizga to'g'ri keldi?
- (kuladi) Bunchalik ko'p to'lamagandim. Mxitaryanni sotishga qaror qilganimizda barcha qo'ng'iroq qildi. Telefondan bo'shamadik. Agar Genrixni sotmaganimizda ko'p transferlarni amalga oshira olmasdik.
- Yozda jamoa tarkibni yangiladi. Bu bilan kelasi yillardagi asosiy tarkibni yig'ib oldimi?
- SHubhasiz. Albatta, har yili tarkibni yaxshilashga intilamiz. Lekin asosiy tarkib bizda bor. “Borussiya” allaqachon Usmon Dembele va Rafael Gerreyroni ko'z ostiga olgandi.
- Boshqa klublarni ortda qoldirish “Borussiya” uchun o'zi xohlagan o'yinchi bilan shartnoma tuzishda yagona chorami?
- Bu bizning transfer bozoridagi ish uslubimiz. Hozircha bu yaxshi ish bermoqda. Futbolda hammasi oddiy qurilgan: agar 10 transferdan 6-7tasi amalga oshsa, bu katta muvaffaqiyat. Bizda esa bu raqam 8-9tani tashkil etmoqda. Levandovski, Xummelse, Pishchek, Kagava, Vaygllarni eslang! Mixael Cork ishini ajoyib uddalab kelyapti.
- Futbolchilar bilan muzokarani erta boshlash ularni top-klublar yoki ingliz o'rtamiyonalari o'ziga og'dirib olishidan xavfsirashni bildiradimi?
- Top-klublarni ortda qoldirishga urinamiz. Dembele va Gerreyro kabi o'yinchilar “Stok Siti” singari Evrokuboklarda qatnashmaydigan klublarga o'tishmaydi.
- APL kuchli futbolchi va murabbiylar bilan kuchaymoqda. Bu Bundesligaga xavf soladimi?
- Bundesliganing barcha muammmosida APLni ayblamasligimiz kerak. Ha, u ligada pul ko'p. Biroq biz boshqa jihatlarda Angliyani dog'da qoldiryapmiz. Bu dalilni kamaytirmasligimiz lozim.
- Nimani nazarda tutyapsiz?
- Stadionlarimizda eng yaxshi futbol muhiti, chiptalar narxi arzon va terma jamoamiz Angliyadan yuz baravar kuchli. Bundan xursand bo'lishimiz darkor. Faqat Bundesliganing muammolari to'g'risida gapiravermaslik zarur.
- Kloppning APLdagi muvaffaqiyati sizni ajablantirgani yo'qmi?
- Yurgen jahondagi eng yaxshi murabbiylardan biri. Uning ishidagi asosiy taraflardan biri ko'p yangi futbolchilarni jalb etmasdan qo'l ostidagi o'yinchilarning yuqori darajaga chiqishiga yordamlashadi. Hozir uning uslubi ish berishini hamma kuzatmoqda.
- Tomas Tuxel bilan til topishishingiz qanchalik qiyin kechdi?
- Biz ikkinchi Kloppni qidirmadik. Bu imkonsiz. Yangi yuqori saviyali mutaxassis bilan shartnoma tuzishni istadik. Uni Tuxel misolida topdik. Uning ishidan har kuni hayratga tushaman. Tomas Kloppga o'xshamaydi, uning o'ziga xos ish yuritish uslubi mavjud.
- Joriy mavsum Tuxelning ishini qanday baholaysiz?
- Mavsum biz uchun o'tgan yilga qaraganda qiyinroq bo'lishini bilardik. Xummels va Gyundogan misolida biz jahon saviyasidagi ikki futbolchini yo'qotdik. Yana Mxitaryan sotib yuborildi. Ularning o'rniga yosh o'yinchilarni taklif qildik. Yozda 13 transferni amalga oshirdik. Jamoa mavsumni qanday o'tkazayotganidan ko'nglim to'lmoqda. Yaqin yillar ichida jamoani rivojlantirishga harakat qilamiz. Va bir kun albatta sovrinni qo'lga kiritamiz.
- Keyingi yil u bilan shartnomani uzaytirishni muhokama qilasizmi?
- Bunga shubhalanmang. Muzokaralar chog'ida qanday gap ketayotganini elon qilmaymiz. Yakuniy natijaga erishganimizda bundan barchani xabardor qilamiz.
- Tuxel – shaxsiy loyihani yoqtiruvchi inson. Qanday o'ylaysiz, u “Borussiya”da Yurgen Klopp kabi 7 yil ishlaydimi?
- Etti yil – juda uzoq muddat. Taxmin bildirishni istamayman. Biroq Tuxel bilan bajonidil birga ishlardim.
- Nega taxmin bildirishda bunchalik ehtiyotkorsiz?
- Kloppning ketishigacha bir yil qolganda hech kim uning “Borussiya”dagi davri tugadi deb o'ylamagandi. Biz ikkinchi o'rinni oldik, Germaniya Kubogi finalida Xummelsning goli hisobga olinmagani sababli yutqazib qo'ydik. CHempionlar ligasida chorak finalgacha etib bordik. Hech kim xayrlashish haqida gapirmagandi. Ammo oradan bir yil o'tgach, Yurgen Klopp boshchiligidagi ajoyib davr mantiqiy yakuniga etdi.
- Tuxelga Ispaniya top-klublari qiziqish bildirishmoqda. Sizga boshlang'ich muzokaralar borasida biror narsa malummi?
- “Real” rahbariyati bilan ajoyib munosabatdaman va ular Tuxelni qadrlashini bilaman. Ingliz klublari haqida ham shunday deya olaman. O'tgan mavsumni muvaffaqiyatli o'tkazganimizni inobatga olsak, bu tabiiy hol. Tuxel jamoaga o'z uslubini olib kirishni uddaladi. Futbolchilar ketsa, ularning o'rniga boshqalarni jalb etamiz. Murabbiy borasida ham qarashlarimiz shunday. “Borussiya” hamisha bir kishidan ustun yuradi. Bunday vaziyat yuzaga kelishiga doim tayyor turamiz.
- “Borussiya”da Evropa bo'ylab eng yaxshi skautlar bo'limi bor. Murabbiylarni ham kuzatasizlarmi?
- Buni amalga oshirmasak, hozir havaskorlar ligasida o'ynayotgan bo'lardik. Biroq ayni paytda bu mavzu ahamiyatga ega emas. Tuxel bilan uzoq muddatli hamkorlikni ko'zlayapmiz.
- Yozda Mario Gyotce va Andre SHyurrleni sotib olish yuzasidan qarashlaringiz bir-biriga mos kelmadi.
- Balki, qarama-qarshi fikrlar sizlarda bo'lgandir, ammo bizda emas. Bunday ijrochilar bilan shartnoma tuzganlar biror narsada qo'pol xato qilishi mumkin emas. Aksincha, bu transferlar biz uchun juda engil kechdi. CHunki ularni juda yaxshi bilamiz. Mario 24 yoshda, bizning tarbiyalanuvchi. Andre esa shaxsiy ko'rsatkichlari bo'yicha futbolchilar orasida alohida ajralib turadi. U alangadek yonib turadi! O'yinchi murabbiyga bog'langanda bu uning keyingi o'sishiga tasir ko'rsatadi. SHyurrlening transferiga qadar Mourino bilan suhbatlashdim. Andre uning qo'l ostida kam o'ynagan. Joze Villian va Azarga ko'proq imkoniyat bergandi. Xalqaro arenada birdaniga yuqori saviyada o'ynab ketish qiyin. SHyurrlening ancha qimmat turishi o'yinchiga bog'liq holat emas. Transfer bozori shunday qurilgan. Boshqa tarafdan biz ham Xummels, Gyundogan va Mxitaryanning sotuvidan katta pulga ishladik.
- Avvalgi mavsumda jamoa SHaxin va Kagavani qaytardi. Xummelsni qaytarishga qanchalik yaqinsizlar?
- Xummelsning qaytishi? (kuladi) Bu hayotimdagi eng katta orzu.
- Nega klub sobiq futbolchilarini boshqa jamoalarga nisbatan ko'proq ortga qaytaradi?
- Biz o'yinchining xarakterini bilamiz. Uning imkoniyatlaridan xabardormiz. Futbolchi ham klubni biladi. Biz faqat yangi klubida ishlari yurishmagan o'yinchilarni o'zimizga qaytara olamiz. “Bavariya” uchun gollar urishda davom etayotgan Robert Levandovski “Borussiya”ga qaytmaydi.
- Mxitaryanda “MYU”da ishlar joyida emas. Uni qaytarasizmi?
- Yo'q. CHunki har bir aqlli futbolchi qaerga o'tayotganini bilishi darkor. O'tish haqida qaror to'lig'icha Genrixniki edi.
- Uning agentini juda engil o'ylaydigan inson deyishadi. SHundaymi?
- Rayola juda aqlli va o'zini ushlab tura olmaydigan odam. Uning o'ziga xos uslubi mavjud. buni ilgaridan bilardik. Mxitaryanning o'tishida Rayola o'zini yaxshi tutdi.
- Mxitaryanning transferi “MYU”ga Ibragimovich va Pogbaning olib kelinishiga qo'shimcha loyiha bo'ldimi?
- Buni sharhlay olmayman.
- Har kuni Obameyyangning transferi borasida xabarlar paydo bo'lyapti. Klub uni ushlab qolishga qodirmi?
- Gap-so'zlar futbolning bir qismi. O'yinchilarni ko'plab insonlar o'rab turadi va ular nimadir eshitishni xohlaydi. Buni xotirjam qabul qilish lozim. Har yili holatni ko'rib chiqish kerak. Futbolchilar ulg'ayib boradi. Bunda sport va iqtisodiy jihatlar inobatga olinadi. Evropada Obameyyangni sotib olishga davogar bo'ladigan klublar ko'p deb o'ylamayman.
- Bir kun u “Bavariya”da paydo bo'lishi mumkinligini inkor etmaysizmi?
- U “Bavariya”da biror narsani unutdimi? Bu ilojsiz. Myunxenliklar rahbariyati Levandovskini sotishni rejalashtirmayapti. Obameyyang va Robert birga o'ynay olmaydi. Bunga ular bizda o'ynagan payti iqror bo'lganmiz. Qolaversa, uni saqlab qolishni xohlaymiz. Per yaxshi yigit va ajoyib futbolchi.
- Bundesligada “Borussiya”ning joriy mavsum “Bavariya”ga jiddiy qarshilik qilishiga umid bildirishmoqda. Muxlislarga shunday umid bera olasizmi?
- Bu yil yo'q. Biz yoshlarimizdan ko'p narsani umid qilgan holda ularni bosim ostiga qo'ymasligimiz shart. Bu mavsumda yoshlar o'zlarini to'liq ko'rsata olmasliklari mumkin.
- Bu shunchaki katta ketmaslikmi yoki “Bavariya” yaqin yillarda Bundesligada hukmronlik qilishda davom etadimi?
- Nega biror narsani tan olmasligimiz kerak? “Bavariya” jahonning eng yaxshi uch klubi qatorida. Ularni bo'sh joydan o'sishda quvib o'tish imkonsiz. Myunxenliklar tarkib uchun ikki baravar ko'p pul sarflashda davom etar ekan, ularda bizga qaraganda ko'proq ochkolar bo'ladi. Xummelsni sotib olib, jamoa yanada kuchaydi. Yana darvozada jahonda eng yaxshi sanalgan Manuel Noyer bor, u o'zidan keyingi posbondan 25 foizga yaxshiroq.
- Ikkinchi kuch “Borussiya” bo'lmagan taqdirda kim?
- Men ikkinchi kuch bo'lmaymiz dedimmi? Bundesligada bu joyni bizdan tortib oladigan boshqa jamoani ko'rmayapman.
- “Bavariya” va “Borussiya” o'rtasidagi munosabat ancha yaxshi, shunday emasmi?
- “Borussiya”va“Bavariya” nemis futboli uchun xalqaro arenada masuliyatni zimmasiga olgan. Biz Evrokuboklarda Germaniya sharafini himoya qiladigan ikkinchi kuchmiz. Bu jamoalar dushmanlik kayfiyatida bo'lsa, bundan kimgadir foyda deb o'ylamayman. Yozda uch transferni amalga oshirdik va barchasi professional darajada o'tdi.
- Nega kichik klublar kelajakda translyaciyalar huquqidan ko'proq pul olmasliklari kerak?
- Bunda Evrokuboklardagi natijalar aks etadi. Ikki klub Evropadagi eng kuchli 10 jamoa qatoriga kiradi. Albatta, iqtisodiy tarafdan bir jamoaning har yili chempion bo'lishi foydali emas. Biroq buni qanday tuzatish mumkin? Buning uchun butun bir tizimni yo'q qilamizmi?
- Xalqaro arenada bir klubning hukmronligi nimaga olib keladi?
- CHempionlar ligasini haligacha bir klub qatorasiga ikki marta yutmagan.
- Lekin yarim finalchilar nomi doim bir xil.
- Hal qiluvchi jihat musobaqani kim yutgani hisoblanadi. Evropada 5-6 klub CHempionlar ligasi sovrini uchun kurasha oladi. O'ylashimcha, bu turnirning hozirgi formati uchun etarli sanaladi.
Behzod NAZAROV tayyorladi.
Fikrlar