Xandanovich ushbu oyda "Inter" bilan shartnomani uzaytiradi
01 may 2022 14:07
Yangiliklar
Xandanovich ushbu oyda "Inter" bilan shartnomani uzaytiradi
"Inter" darvozaboni Samir Xandanovich klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.
37 yoshli sloveniyalikning agenti Fali Ramadani ushbu oyda bitimni yakunlash uchun "neradzurri" vakillari bilan uchrashuv o'tkazadi.
Darvozabon bilan yangi kelishuv bir yilga uzaytirish bandi bilan 2023 yilning iyun oyi so'nggiga qadar amal qiladi.
Eslatib o'tamiz, shu yozda shartnomasi yakunlanadigan Xandanovich "Inter"da 2012 yilning iyulidan beri o'ynaydi.
Fikrlar