Xandanovich "Inter"ning darvozabonlar bo'yicha skauti sifatida ish boshladi
27 noy 2023 13:36
Yangiliklar
Xandanovich "Inter"ning darvozabonlar bo'yicha skauti sifatida ish boshladi
"Inter"ning sobiq kiperi Samir Xandanovich klubning darvozabonlar bo'yicha skauti sifatida ish boshladi.
Yaqin kunlarda u Evropa bo'ylab murabbiylik metodikalarini o'rganishga kirishadi.
Yozda Samir professional faoliyatini yakunlagan, lekin klubda qolgandi.
Skautlik bilan birga Xandanovich murabbiylik kurslarida tahsil oladi. Katta ehtimol yaqin kelajakda sobiq darvozabon "Inter"ning yoshlar jamoasini boshqaradi, bu borada muzokaralar boshlab yuborilgan.
Fikrlar