Xames yo'l xizmati xodimlariga bo'ysunmagani uchun 10 400 evro jarima to'laydi
01 mar 2016 14:47
Yangiliklar


Xames yo'l xizmati xodimlariga bo'ysunmagani uchun 10 400 evro jarima to'laydi
"Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges policiya xodimlariga bo'ysunmagani uchun 10 400 evro to'laydi.
Kolumbiyalik futbolchi 1 yanvar kuni o'zining "Audi" markali mashinasida "Qirollik klubi" mashg'ulotiga ketayotib tezlikni oshirgan. Xames soatiga 200 km/soat tezlikda harakatlangan va yo'l xizmati talabiga ko'ra to'xtamagan. Natijada u mashg'ulotga kechikayotganini aytib, tezlikni oshirganini tan olgan. Bundan tashqari, Rodrigesning so'zlariga ko'ra, u policiya mashinasini ko'rmagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar