Xames Rodrigesning Urugvay darvozasiga urgan goli JCH-2014dagi eng yaxshisi deb topildi
21 iyu 2014 17:14
Yangiliklar
Xames Rodrigesning Urugvay darvozasiga urgan goli JCH-2014dagi eng yaxshisi deb topildi
Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi Xames Rodrigesning Urugvayga qarshi kechgan nimchorak final uchrashuvida raqib darvozasiga urgan goli, turnirdagi eng yaxshi gol deb topildi.
Bu haqda FIFA rasiy sayti xabar berdi.
“Monako” futbolchisining goli uchun saytning milliondan ortiq foydalanuvchisi ovoz bergan.
Ikkinchi o'rinda Gollandiya terma jamoasi hujumchisi Robin van Persining Ispaniya darvozasiga urgan goli (5:1) qayd etildi.
Xames ushbu sovringa ega chiqqan uchinchi Janubiy Amerikalik futbolchiga aylandi. Bunga qadar 2006 yil Maksi Rodriges va 2010 yil urugvaylik Diego Forlan shunday nomga sazovor bo'lishgandi.

Fikrlar