Xames Rodriges transferlar oynasi yopilguncha "Everton"dan ketmoqchi
03 avg 2021 01:15
Yangiliklar
Xames Rodriges transferlar oynasi yopilguncha "Everton"dan ketmoqchi
Xames Rodriges "Everton"dan ketadi.
"Everton" yarim himoyachisi Xames Rodriges shu yozning o'zida klubdan ketish niyatida. Liverpool Echo nashrining xabar berishicha, Xames yangi murabbiy Rafael Benitesning rejalariga kirmayapti. Futbolchiga "Milan" qiziqmoqda. Agar yaxshi taklif tushadigan bo'lsa, "Everton" futbolchini sotib yuborishga tayyor.
30 yoshli Rodriges o'tgan mavsumda "Everton" uchun 26 uchrashuvda qatnashib, 6 ta gol urgan va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning klub bilan kelishuvi 2022 yilning yozigacha amal qiladi.
Fikrlar