Xamann: “Gvardiola jamoalari 2-3 yil yorqin ko'rinadi, “Man Siti” undan boshqa har qanday murabbiyni allaqachon haydab yuborardi”
05 noy 2020 20:50
Yangiliklar
Xamann: “Gvardiola jamoalari 2-3 yil yorqin ko'rinadi, “Man Siti” undan boshqa har qanday murabbiyni allaqachon haydab yuborardi”
Germaniya termasi sobiq yarim himoyachisi Ditmar Xamann Pep Gvardiola joriy mavsum yakunidan keyin “Man Siti”ni tark etishiga ishonchi komil.
“Bu uning “Man Siti”dagi oxirgi mavsumi bo'lishini taxmin qilmoqdaman. U jamoada nomi va obro'si tufayli ishlab kelmoqda. O'tgan mavsum CHempionlar Ligasidagi “Lion”ga uchralgan sharmandali mag'lubiyatdan keyin “Man Siti” undan boshqa har qanday murabbiyni allaqachon haydab yuborgan bo'lardi.
Gvardiola kamdan-kam joyda uch mavsumdan ko'p ishlamaydi. “Bavariya” futbolchilarining gaplari esimda. Gvardiola bilan uch yillik hamkorlikdan so'ng, ular murabbiyning talablaridan butunlay charchaganliklari haqida aytishgandi. O'ylashimcha, Gvardiolaning jamoalari 2-3 yil yorqin ko'rinadi. SHu sabab katta o'zgarish bo'ladi deb hisoblamayman”, deydi Xamann.
Eslatib o'tamiz. Pep 2016 yildan beri "shaharliklar"ni boshqarmoqda.
Fikrlar