Xalqaro turnirda 3-o'rinni olgan futzal terma jamoamiz O'zbekistonga qaytib keldi
03 avg 2021 19:19
Yangiliklar
Xalqaro turnirda 3-o'rinni olgan futzal terma jamoamiz O'zbekistonga qaytib keldi
Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.
"Bilasiz, O'zbekiston futzal terma jamoasi Tailandda tashkil etilgan “Continental” xalqaro turnirida ishtirok etdi.
Bahodir Ahmedov murabbiyligi ostidagi jamoamiz 3-o'rin uchun Misrga qarshi kechgan bahsda 4-0 hisobida g'alaba qozonib, musobaqaning bronza medallariga ega chiqdi.
Futzalchilarimiz tunda Bangkok-Istanbul-Toshkent havo reysi orqali Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga etib keldi", – deb xabar beradi O'FA matbuot xizmati.
Fikrlar